Nikolayev viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nikolayev viloyati - Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 yil 22 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 24,6 ming km². Aholisi 1322,1 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar. Shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 19 tuman, 6 shahar, 19 shaharcha bor. Markazi — Nikolayev shahri

Relyefi tekislik; shim.dan jan.ga (Kora dengizga) pasaya boradi. Hududining koʻp qismi Kora dengiz boʻyi past-tekisligiga kiradi. Foydali qazilmalari: granit, gneys, oxdktosh, mergel, gil, kaolin, shagʻal, qum, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°, yanvarniki —4, —5°. Yillik yogʻin miqdori 300–350 mm, shim.da 450 mm. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryolari: Jan. Bug , Ingul, Ingulets. Tuproklari shim.da oddiy qoratuproq, jan.da qoratuproq va toʻq kashtan tuproklar. Tabiiy dasht oʻsimliklari faqat jarlar yon bagʻirlaridagina saqlanib qolgan. Viloyat hududining 2% oʻrmon. Tulki, buri, malla to-vushqon, olaxurjun, yumronqoziq, kushlardan bedana, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak va gʻozlar, baliqchi, dasht dala toʻrgʻaylari bor. Dengiz va daryolarda baliq koʻp.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, qisman kemasozlik. Dizel, gidroapparatura, murakkab energetika asbob uskunalari, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. "Dormashina" (Nikolayev) zavodi skreper, buldozer, asfalt yotqizuvchi mashina va yoʻl mashinalari ishlab chiqaradi. Oziqovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning eng yirik korxonalari: trikotaj, parfyumeriyashisha k-tlari, tikuvchilik fkalari, poyabzal f-kasi, uysozlik k-ti, devor bloklari, gʻisht, cherepitsa, ohaktosh zavodlari bor.

Qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalashgan, koʻp tarmoqli. Gʻalla, sabzavot-poliz, kartoshka, texnika, yem-xashak ekinlari ekiladi, tokzorlar, bogʻ va mevazorlar, yaylov va pichanzorlar bor. Baliqchilik va baliq ovlash bilan shugʻullaniladi. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilikning yetakchi tarmogʻi — goʻsht-sut yetishtirish. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. T.Y., avtomobil yoʻllari zich. Dengiz trans-porti muhim ahamiyatga ega. Porti — Nikolayev. 5 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 3 teatr, kutubxonalar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil