Jacques Chirac

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shirak Jak Renedan yoʻnaltirildi)
Jacques Chirac
Fransiya Prezidenti
Mansab davri
1995-yil – 2005-yilgacha
Oʻtmishdoshi François Mitterrand
Vorisi Nicolas Sarkozy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-noyabr 1932-yil
Parij
Vafoti 26-sentyabr 2019-yil(2019-09-26)
(86 yoshda)
Parij

Jacques Chirac (talaffuzi: Jak Shirak; 1932. 29.11, Parij — 2019.26.9) — Fransiya davlat arbobi. Parij siyosiy tadqiqotlar instituti (1954) va Milliy boshqaruv maktabi (1959)ni tugatgan. 1959-yildan Davlat auditor palatasi auditori, 1962-yil apreldan hukumat apparatida, 1965-yildan Sen-Freol shahri kengashi aʼzosi, Milliy majlis deputati (1967-yildan). 1967-yildan Georges Pompidou hukumatida ijtimoiy masalalar, 1968-yildan iqtisodiy va moliya masalalari boʻyicha davlat kotibi, 1972-yildan qishloq xoʻjaligi va qishloq taraqqiyoti, 1974-yil ichki ishlar vaziri. Shirak 1960-yillardan Respublikani himoya qiluvchi demokratlar ittifoqi partiyasi aʼzosi, 1975-yildan faxriy bosh kotibi, 1976-yil partiya Respublikani qoʻllab-quvvatlash uyushmasiga aylangach, uning raisi. 1974-yil aprel — 1976-yil avgust va 1986-yil mart — 1988-yil mayda Fransiya bosh vaziri, 1977-yil martdan Parij shahri meri, 1995-yil maydan 2005-yilgacha Fransiya Respublikasi prezidenti boʻlgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]