Patrice de MacMahon
Qiyofa
MAK-MAGON (Mac-Mahon) Mari Edm Patris Moris (1808.13.6, Syulli, Sona va Luara departamenti — 1893.17.10, La-Fore, Luara departamenti) — Fransiya marshali, gersog , Fransiya Prezidenti (1873—1879). M.-M. Qrim urushi (1853—1856) qatnashchisi; Avstriya-Italiya-Fransiya urushi (1859) da Majent shahri boʻsagasidagi gʻalaba uchun gersog va marshal unvonini olgan. 1864—1870 yillarda Jazoir general-gubernatori. Fransiya-Prussiya urushi (1870—1871)da Sedan shahri yonida maglubiyatga uchragan armiyani boshqargan; Parij kommunasini bostirgan versalchilar qoʻshiniga qoʻmondonlik qilgan (1871). Mag‘lubiyatga uchragan monarxik toʻntarishni tayyorlashda qatnashgach, isteʼfoga chiqqan (1879)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |