Helmut Schmidt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Helmut Heinrich Waldemar Schmidt

Gelmut Schmidt, 1977-yil
 5-GFR Federal kantsleri
Mansab davri
16-may 1974-yil – 1-oktabr 1982-yil
Prezident Gustav Xayneman
Valter Sheel
Karl Kartens
Oʻtmishdoshi Villi Brandt
Vorisi Gelmut Kol
 7-GFR Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
17-sentabr – 1-oktabr 1982-yil
Hukumat boshligʻi Gelmut Schmidt
Oʻtmishdoshi Gans Ditrix Gensher
Vorisi Gans Ditrix Gensher
 GFR moliya vaziri
Mansab davri
7-iyul 1972-yil – 15-may 1974-yil
Hukumat boshligʻi Villi Brandt
Oʻtmishdoshi Karl Shiller
Vorisi Gans Apel
 GFR iqtisod vaziri
Mansab davri
7-iyul 1972-yil – 15-dekabr 1972-yil
Hukumat boshligʻi Villi Brandt
Oʻtmishdoshi Karl Shiller
Vorisi Gans Frideriks
 5-GFR mudofaa vaziri
Mansab davri
22-oktabr 1969-yil – 6-iyul 1972-yil
Hukumat boshligʻi Villi Brandt
Oʻtmishdoshi Gerxard Shryoder
Vorisi Georg Leber
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Gelmut Genrix Waldemar Schmidt

Hamburg, Germaniya imperiyasi
Vafoti Hamburg, Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Siyosiy partiyasi Germaniya sotsial-demakratik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Loki Schmidt
Bolalari Suzanna Schmidt
Onasi Lyudovika Schmidt
Otasi Gustav Lyudvig Schmidt
Taʼlim Hamburg Universiteti
Dini Lyuteranlik
Mukofotlari
Imzosi
Qoʻshin turi lyuftvaffe
Unvoni ober-leytinant
Janglar Ikkinchi Jahon urushi

Helmut Heinrich Waldemar Schmidt (talaffuzi: Helmut Haingʻish Uoldemar Shmit; 1918-yil 23-dekabr, Hamburg, Germaniya imperiyasi — 2015-yil 10-noyabr, Hamburg, Germaniya) — nemis sotsial-demokrat siyosatchisi. Germaniyaning beshinchi federal kansleri (1974-1982).

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Helmut Heinrich Waldemar Schmidt 1918-yil 23-dekabrda Hamburgda tugʻilgan.

Schmidtning otasi Gustav Lyudvig (1888–1981) yahudiy tadbirkorning benikoh tugʻilgan oʻgʻli boʻlib, uni oila uzoq vaqt yashirib kelgan. Bu voqea faqat 1984-yildagina Schmidtning ruxsati bilan Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d’Esten tomonidan maʼlum qilingan.

Natsistlar bilan aloqalari va harbiy xizmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yilda Schmidt Nyurnberg partiyasi syezdi doirasida boʻlib oʻtgan Adolf Hitlerning Hamburgdan Nyurnbergga qadar marshida qatnashdi, tarixchi Heinrich Vinklerning soʻzlariga koʻra, natsistlar tashviqotining tarkibi boʻlgan „sotsialistik“ va "birdamlik" gʻoyalaridan taʼsirlanadi. Schmidt oʻzi yozgan „Bolalik xotiralari“ asarida, uning kelib chiqishi (Mischlinge) milliy sotsializmni rad etishga taʼsir qilganini takidlaydi. 1941-yilda zaxiradagi leytenant unvoni bilan Berlindagi Luftwaffe Oliy qoʻmondonligiga oʻtkazildi. Ikkinchi Jahon urushi paytida, 1941-yil avgustdan Schmidt Sharqiy frontdagi 1-tank diviziyasining yengil zenit diviziyasida ofitser boʻlib xizmat qildi. U Leningrad viloyatiga yuborildi va shaharni qamal qilishda qatnashdi, buning uchun u ikkinchi darajali Temir xoch medalini oldi. 1942-yil yanvardan Berlin va Bernaudagi havo vazirligida yengil zenit artilleriyasini tayyorlash qoidalari boʻyicha maslahatchi boʻlgan. 1944-yil dekabrdan Gʻarbiy frontda batareya qoʻmondoni boʻlib xizmat qildi, 1945-yil mart oyida ittifoqchilar tomonidan asirga olindi va avgustgacha asirlikda qoldi.

Urushdan keyingi yillar va siyosiy martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urushdan keyin Schmidt Hamburg universitetida iqtisod va siyosatshunoslik fakultetida tahsil oldi va uni 1949-yilda tugatdi. 1946-yilda Germaniya sotsial-demokratik partiyasiga (SDP) qoʻshildi. 1947–1948-yillarda u SDP bilan yaqin hamkorlik qilgan nemis talabalari sotsialistik ittifoqini (keyinchalik 1948–1951-yillarda Jon van Nes Ziegler) boshqargan.

Oʻqishni tugatgandan soʻng, Karl Shiller boshchiligidagi Hamburg iqtisodiyot va transport boʻlimida ishladi. 1953–1961-yillarda Bundestag deputati boʻlgan. 1961–1965-yillarda ichki ishlar boʻyicha Hamburg senatori boʻlgan.

1965-yilda Bundestagga qayta saylandi. 1967–1969-yillarda — Bundestagning sotsial-demokratik fraksiyasi raisi boʻldi. 1967-yilda SDP raisining oʻrinbosari etib saylandi. 1969-yilda tuzilgan Willy Brandtning hukumatda mudofaa vaziri boʻldi. Keyinchalik u federal iqtisodiyot, moliya vazirliklarini boshqardi, hatto ikki hafta davomida Tashqi ishlar vazirligini ham boshqargan.

Kanslerlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schmidtning dafn marosimi, Hamburg, 23-noyabr 2015-yil
Iqtisodiy statistika
Yil Nafaqa Inflatsiya Koefitsent Amalda
1975 11.1% +5.1%
1976 11.0% +6.7%
1977 9.9% +6.2%
1978 +2.7% 0
1979 4.5% +0.4%
1980 4% -1.5%
1981 4% -2.3%
1982 5.8% +0.6%

1974-yil 16-mayda Villi Brandt janjal ortidan isteʼfoga chiqqanidan keyin Germaniya Federal kansleri boʻldi.

Ichki siyosatda u, asosan, Qizil Armiya fraksiyasidan chiqqan chap qanot terrorizmiga qarshi qattiq kurashni yoqladi. 1976 va 1980-yillardagi parlament saylovlarida SDP gʻalaba qozonishiga xissa qoʻshdi.

Tashqi siyosatda Schmidt Helsinki kelishuvlarini imzolash tashabbuskorlaridan biri boʻlgan (1975-yil). Villi Brandt bilan solishtirganda, u koʻproq amerikaparast edi. U NATO bilan Germaniya Federativ Respublikasi hududida Pershing-2 raketalarini joylashtirish boʻyicha muzokaralar olib bordi. Shu bilan birga, u Sovet rahbari Leonid Brejnev bilan yaxshi shaxsiy munosabatlarga ega edi, ammo ushbu munosabatlar 1979-yil oxirida Sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga kirganidan keyin yanada murakkablashdi. Germaniya AQSh tashabbusi bilan 1980-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlariga xalqaro boykot eʼlon qilinishini va afgʻon antikommunistik kuchlarini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini qoʻllab-quvvatladi. Biroq, Schmidt SSSR bilan aloqalarni rad etmadi va u hatto 1980-yil iyun oyi oxiri – iyul oyi boshida Moskvaga keldi va Sovet rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.

Iqtisodiyotda Schmidt 1979-yilgi global neft inqirozi bilan bogʻliq jiddiy muammolarga duch keldi.

1982-yilda Schmidtning SDP aʼzolari boʻlmagan koalitsiya aʼzolarini vazirlar mahkamasidan chiqarib tashlash va bir partiyali hukumatni tashkil etishga urinishidan soʻng, Bundestag unga nisbatan ishonchsizlik votumini eʼlon qildi va Xristian demokrat Helmut Kolni yangi kansler etib tasdiqladi. 1982-yilda u oʻz birdamligini koʻrsatish uchun "Polsha Polsha boʻlishi uchun" dasturini qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etdi.

Kanslerlikdan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yildan — «Die Zeit» haftalik gazetasida muharrir boʻlib ishlagan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loki va Helmut Schmidtlarning qabri

U 2015-yil 10-noyabrda Hamburgda vafot etdi[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gelmut Schmidt rafiqasi bilan, 1977-yil

1942-yilda Xannelore „Loki“ Glazerga (1919-2010) uylandi va u bilan 68 yil hayot kechirdi. Ularning 2 farzandi bor edi: oʻgʻli (1945-yilda vafot etgan) va qizi Syuzanna (1947-yilda tugʻilgan).

2012-2015-yillarda u oʻzidan 14 yosh kichik boʻlgan Rut Loax bilan fuqarolik nikohida yashadi.

Isteʼdodli havaskor pianinochi sifatida, u Bax va Motsartning bir nechta kontsertlarini yozgan.

Siyosiy qarashlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichki siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schmidt ommaviy ishsizlikni Germaniyaning eng katta muammosi deb atadi[2]. U oʻzining vorisi Gerxard Shrederning 2010-yilgi kun tartibini yuqori baholadi va uni Germaniyadagi demografik oʻzgarishlar oqibatlarini bartaraf etish yoʻlidagi birinchi qadam sifatida koʻrdi[3]. Ammo islohot dasturi, uning fikriga koʻra etarli emas va shuning uchun 1990-yillardan boshlab u mehnat bozorini tartibga solish va ishdan boʻshatishdan himoyalanishni qisqartirishni yoqlab chiqdi. Uning fikricha, kasaba uyushmalari haddan tashqari katta taʼsirga ega va ishsizlik nafaqasini kamaytirish kerakligini takidladi.

Jamiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schmidt koʻp madaniyatli jamiyatni „ziyolilar illyuziyasi“ deb atagan[4]. Uning fikricha, „ko‘p madaniyatli“ tushunchasini demokratik jamiyat bilan birlashtirish qiyin. U 1960-yillar boshida GFRga boshqa madaniyatga xos mamlakatlardan ishchilar taklif qilishni xato deb hisobladi[5].

Tashqi siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erix Xonekker va Gelmut Schmidt Xelsinkida, 1975-yil

Tashqi siyosatda u suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini juda qadrlagan.

Schmidt Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshi edi, chunki u ittifoqning tashqi siyosiy salohiyatining pasayishi, shuningdek, Germaniyada yashovchi turklarning nemis jamiyatiga integratsiyalashuvidagi qiyinchiliklardan qoʻrqardi[6].

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chekayotgan Schmidt
  • Schmidt zamonaviy dunyoda eng uzoq umr ko‘rgan sobiq davlat va hukumat rahbarlaridan biri edi.
  • Schmidt Germaniya kansleri va GDR yetakchilari orasida eng uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
  • Schmidt yalpizli sigaretlarning katta muxlisi edi. Kansler lavozimiga nomzod Peer Shtaynbryuk oʻzining saylovoldi nutqida Evropa Ittifoqida yalpizli sigaretlarni ishlab chiqarish va sotish yaqinda taqiqlanishi mumkinligi haqidagi xabar fonida, Schmidt goʻyoki zaxirada 200 ta blok sigaret sotib olgani haqidagi maʼlumot hazil sifatida aytib oʻtadi[7]. Schmidtning soʻzlariga koʻra, u uyda uchtadan koʻp boʻlmagan bloklarni saqlagan. Ushbu taqiq 2021-yilda kuchga kirgan[8].
  • Schmidt butun umri davomida chekdi va qariganda ham bu odatini tashlamadi. Jamoat joylarida chekish taqiqlangan Germaniyada sobiq kansler uchun deyarli hamma joyda istisno tariqasida ruxsat berilgan. Unga hattoki jonli efirga uzatilgan televizion tok-shoularda ham chekishga ruxsat berilgan.

Gallireya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shmidt Erich Honecker, Gerald Ford va Bruno Kreiskylar bilan, Helsinki, 1975-yil. Schmidt Ronald Reagan bilan, Bonn, 30-noyabr 1978-yil. AQSh prezidenti Jimmi Karter va Shmidt, 1977-yil iyul.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Умер бывший канцлер ФРГ Гельмут Шмидт“. lenta.ru (2015-yil 10-noyabr). 2015-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-noyabr.
  2. „Interview: Kommen Sie uns nicht mit 1945! — Seite 3 | Deutschland | ZEIT ONLINE“. 2009-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-dekabr.
  3. „SPD: Helmut Schmidt preist Schröders Agenda — SPIEGEL ONLINE — Nachrichten — Politik“. 2008-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-dekabr.
  4. „Presseportal: DIE ZEIT — Helmut Schmidt: Multikulturelle Gesellschaft / «Illusion von Intellektuellen»“. 2009-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-dekabr.
  5. „Schmidt: Multikulti ist kaum möglich — Deutschland — Politik — Hamburger Abendblatt“. 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-dekabr.
  6. „europa: Bitte keinen Größenwahn | Politik | ZEIT ONLINE“. 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-dekabr.
  7. „Drohendes EU-Verbot: Helmut Schmidt hortet angeblich 200 Stangen Mentholzigaretten“ (de). 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-noyabr.
  8. „Helmut Schmidt: Interview zum 95.Geburtstag“ (de). 2017-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]