Gerhard Schröder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shryoder Gerxard (nem. Gerhard Schröder; 1944.7.4, Mossenburg shahri) — Germaniya davlat arbobi. Gyottingen untining yuridik fakultetini tugatgan (1976). 1976 yildan yurist boʻlib ishlagan, soʻng Gannoverda xususiy yuridik ish olib borgan (197890). Sh. 1963 yildan Sotsial-demokratik partiyaning faol aʼzosi, 1978 yildan partiyaning yoshlar tashkiloti — "Yosh sotsialistlar" rahbari. 1980 yildan Bundestag — Germaniya parlamenti quyi palatasi aʼzosi, ayni vaqtda Quyi Saksoniyada Germaniya sotsialdemokratik partiyasi yer tashkiloti, 1986 yil Quyi Saksoniya parlamentida sotsial-demokratik partiya fraksiyasi rahbari, 1990 yildan Quyi Saksoniya yeri vazir-prezidenti, 1998 yil oktyabrdan Germaniya Federativ Respublikasi kansleri[1].

Manbalar[tahrir]