Georges Pompidou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

POMPIDU (Pompidou) Jorj (1911.5.7, Monbudif1974.2.4, Parij) — Fransiya davlat va siyosat arbobi. Qarshilik koʻrsatish harakatiga qoʻshilgan (1940). Charles de Gaulle bilan birgalikda "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasini tuzishda qatnashgan (1947). 1962—68 yillarda bosh vazir. 1969—74 yillarda Fransiya Prezidenti. Tashki siyosat bobida P., asosan, general de Goll tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarga tayangan, jumladan, Fransiyaning xalqaro keskinlikni yumshatish, qurollanish poygasiga chek qoʻyish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishiga muhim hissa qoʻshishi lozimligini taʼkidlagan. 1970-yil P. SSSRga rasmiy tashrif bilan kelib, Oʻzbekistonda ham boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil