Sarhadobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sarhadobod (1999 yilgacha Kushka) - Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1967 yildan). Sarhadobod tumani markazi. Kushka daryosi vodiysida. Turkmaniston bilan Afgʻoniston savdo yoʻlidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod — MariHirotKandaH°R xalqaro avtomobil traktida. Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 11,6 ming kishi (1999). S.da mahalliy, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, musiqa, umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, klub, kasalxona bor.

S.ning jan.sharqida Turkmanistonning eng jan. chekkasi boʻlgan Qirqqiz (toj. Childuxtaron) mavzesi joylashgan. Shahar yaqinida pista oʻrmon xoʻjaligi va Bodxiz qoʻrikxonasi bor. S. 1885 yilda rus mustamlakachilari tomonidan Kushka harbiy istehkomi sifatida bunyod etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil