Saltovomayask madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saltovomayask madaniyati - Don daryosi va Azov dengizi boʻyidagi choʻl, oʻrmonchoʻllarida yashagan koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi xalqlardan qolgan arxeologik yodgorliklar. S.Saltovomayask madaniyati Mayask sh. harobasi va Saltovo qabristoni nomidan olingan. Xazar xoqonligi (78-asrlar) tarkibiga kiruvchi koʻchmanchi qabilalar (bulgʻor va alanlar) oʻtroqlashib, ular orasida mulkchilik munosabatlari shakllanayotgan davrda paydo boʻlib, bijanaklar (pecheneglar) zarbasi (910-asr

lar oraligʻida) natijasida inqirozga yuz tutgan davrga toʻgʻri keladi. 19-asrda S.Saltovomayask madaniyatining 10 ga yaqin yodgorligi topilgan. 1900-yilda oʻqituvchi V.A.Babenko Saltovo qabristoni (Harkov viloyatidagi Verxnoye Saltovo qishlogʻi)dan bir necha katakombani qazib oʻrgangan. 1906-yilda Mayask sh. harobasi (Tixaya Sosna daryosining Don daryosiga quyiladigan joyida, Voronej viloyati) oʻrganilgan. Omoch, oʻroq, chalgʻi, koʻza, togʻora, qozon, tuvak va boshqa topilgan. Sopol idishlar qoʻlda va kulolchilik charxida yasalgan. Hozirgacha S.Saltovomayask madaniyatiga oid 200 dan ortiq manzilgoh, qishloq, qoʻrgʻon, shahar va qabristonlar maʼlum. S.Saltovomayask madaniyatida marhumlar uch xilda; gʻujanak holda, chalqancha yotqizib va kuydirib koʻmilgan. S.Saltovomayask madaniyatining eng katta qabristoni Saltovo hisoblanib, 300 dan ortiq katakombali qabr ochilgan. Daxmalar, asosan, tepaliklarda qazilgan gʻorlardan iborat boʻlib, marhumlar koʻpincha erkak va ayol yoki bolalar bilan birga koʻmilgan qabrlar ham uchraydi. Jangchilarning qabrlariga qilich, paykon va boltalar qoʻyilgan. S.Saltovomayask madaniyatiga xos madaniyat qoldiqlari alanlar va bulgʻorlar yashagan rayonlar: Sharqiy Qrim, Oʻrta Volga va Quyi Dunaydan topilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil