Said Azim Shirvoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Said Azim Shirvoniy
Seyid Əzim Şirvani
Seyid Azim Shirvani.jpg
Taxallus:Said
Tavallud sanasi: 9 iyul 1835, Shamaxi,Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Vafot sanasi:20 may 1888, Shamaxi
Kasb: Shoir, o'qituvchi
Janr:Lirika, satira

Said Azim Shirvoniy (9 iyul 183520 may 1888) — Ozarbayjon shoiri va XIX asrning ma'rifatparvari[1]. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 maydagi 211-sonli qarori bilan Seyid Azim Shirvanining asarlari Ozarbayjon Respublikasida davlat mulki deb e'lon qilingan mualliflar ro'yxatiga kiritilgan[2].

Hayoti[tahrir]

Said Azim Shirvoniy 1835-yil 10-iyulda Shamaxi shahrida tugʻilgan. Said Azim Shirvoniy haqida ilk maʼlumot A.Zaxarov tomonidan berilgan. Qayd etib oʻtish lozimki, 1977-yilgacha Said Azimning toʻliq tarjimayi holi yozilmagan.[3] Yetti yoshida otasi Said Muhammad vafot etgani sababli u onasining himoyasida yashaydi. Bu vaqt Said Azimning ona tomondan bobosi Mulla Husayn Dogʻistonning Yaqsay qishlogʻida yashar edi. U qizini va nabirasini yoniga olib keladi. Oʻgʻli boʻlmagani sababli u kichkintoy Azimga oʻz farzandidek mehr beradi va ziyrak, qobil bola boʻlgan nabirasiga katta eʼtibor qaratadi. Said Azim ilk taʼlimini Dogʻistonda oladi. U bu yerda ozarbayjon (turk), fors va arab tillarini oʻrganadi. A.Zaxarovning yozishicha, Dogʻistonda yashagan davrida Said Azim bir necha Dogʻiston tillarini ham oʻrgangan.[4]

Dogʻistonda Said Azim 10 yildan ortiq qoladi. 1853-yilda 18 yoshida u onasi Gulsum xonim bilan birga Shamaxiga qaytadi. XIX asrning 50-yillarida Ozarbayjonda, shu jumladan, Shamaxi shahrida madaniy-maʼrifiy sohada eskilik, sxolastika hali kuchda edi; Sharqning diniy markazlariga ziyoratga borish, diniy taʼlim olish, „hoji“, „karbaloyi“ boʻlish anʼanasi davom etardi. Ana shunday sharoitda Said Azimning diniy taʼlim olish, diniy oʻchoqlarning ziyoratiga borish niyatida boʻlishini ham tasodif deb hisoblamaslik lozim. Shu sababli 20 yoshida Said Azim „takmili ulum“ maqsadida Iroqqa boradi. Bir necha yil Bagʻdodda yashagach, u Shomga koʻchadi.

Vatanga qaytib, bir muddat Shamaxida yashagandan soʻng Said Azim ikkinchi marta yana safarga chiqadi. Bu safar Makka va Madinadan oʻtib, Misrga, Qohira shahriga boradi. Yoshligida, asosan, diniy-sxolastik fanlarni oʻrgangan Said Azim keyinchalik bundan pushaymon boʻlgan va oʻz pushaymonini 1877-yilda salyanlik shayxulislom Mulla Ahmadga yozgan manzumasida ochiqchasiga bildirgan.

Said Azimning onasining ismi Gulsum edi. Said Azim 19 yoshida onasining tanishi Mashadi Mavsumning qizi Jayron xonim ismli qizga uylanadi. 1856-yilda Said Azimning oʻgʻli Mirjaʼfar tugʻiladi. Said Azimning Mirjaʼfardan (1866-1938) tashqari Hojar xonim (1866-1938) va Said Fotima xonim (1882-1934) ismli qizlari ham boʻlgan. 1964-65-yillargacha Said Azimning na onasi, na ayoli, na qizlarining ismlari maʼlum emas edi. Bu haqida Fotima xonimning oʻgʻli, Said Azimning 57 yoshli nabirasi Muhammad Ahmadov Sodiq Husaynovga maʼlumot bergan.

XIX asrning 70-yillarida shoir oʻgʻli Mirjaʼfarni oʻqishi uchun onasi bilan birga Bokuga joʻnatadi. 1875-yilda oʻgʻliga yozgan maktubdan maʼlum boʻladiki, Mirjaʼfar onasi bilan amakisining yonida yashagan ekan. 1876-yilda Zardobiga yozgan maktubida esa ona bilan oʻgʻil oʻsha yilning boshlarida Bokudan Shamaxiga qaytishgani maʼlum boʻladi. 1859-yil 30-mayda Shamaxi shahrida zilzila boʻlgan va zilzila shahar aholisiga katta zarar yetkazgan. Zilziladan Said Azimning oilasi ham katta ziyon koʻrishgan.

Pedagogik faoliyati[tahrir]

1830-1858-yillar orasida Shusha, Nuxa, Boku, Ganja, Naxchivon va Shamaxi shaharlarida yangi tipli maktablar ochildi. Bu maktablarda ozarbayjon, arab, fors va rus tillari oʻrgatilardi.

1869-1870-yillarda Said Azim Shamaxida yangi usul bilan „Majlis“ nomli maktab ochgan. Said Azimning bu maktabida eski mullaxonalardan farqli ravishda oʻquvchilarga ozarbayjon, rus, fors tillari oʻrgatilar va zamonaviy fanlardan boshlangʻich maʼlumot berilardi.

Ozarbayjonning taniqli shoiri Mirza Alakbar Sobir, mashhur yozuvchi va pedagog Sulton Majid Gʻanizoda va bir qator boshqa yozuvchilar aynan uning maktabida taʼlim olganliklari tasodif emas.

Kavkazorti taʼlim doirasi Said Azim Shirvoniyning maorif sohasidagi xizmatlarini eʼtiborga olib, 1886-yilda uni kumush medal bilan taqdirlashgandi. Uzoq muddat maʼlum boʻlmagan bu hujjatning asl nusxasi Ozarbayjon SSR Ichki ishlar vazirligining arxivida saqlangan. Taxminan 1966-yilda Ozarbayjon SSR Ichki ishlar vazirligi arxivlar idorasi raisi M. Shakinskiy ushbu hujjatni 1880-1890-yillarning nufuzli roʻyxati papkasining orasidan topib, chop ettirish uchun „Ozarbayjon muallimi“ gazetasi redaksiyasiga bergan.

Said Azim maktabi haqida rasmiy va aniq maʼlumotni 1889-yilda Poti shahrida Mingrel shahar maktabining muallimi A.Zaxarov „Narodnoe obuchenie u Zakafkazskix tatar“[5] nomli katta maqola yozgan. A Zaxarovning yozishicha, Said Azim bu maktabni 18 yildan beri boshqarib keladi. U (Said Azim) fors, arab va bir necha Dogʻiston lahjalarini ham biladi. Uning maktabida 33 nafar oʻquvchi oʻqiydi; bulardan 12 nafari haftada 15 qapik, 9 nafari 20 qapik va 12 nafari 25 qapik taʼlim haqqi berishadi, bu esa jami 6 manat 60 qapik boʻladi. Said Azim bir necha yil ana shu tarzda dars bergandan soʻng, tarjima qilgan (Saʼdiyning „Guliston“ va „Boʻston“ asarlaridan baʼzi parchalarni ozarbayjon (turk) tiliga tarjima qilgan — Elnur) asarlarini va oʻz sheʼrlarini toʻplab, „Majmuai-asari-Hoji Said Azim Shirvoniy“ nomli dars kitobini tuzgan.

Said Azim ushbu darslikning qoʻlyozmasi shaklida oʻsha vaqtlar Goriy seminariyasining tatar shoʻbasi mudiri A.O. Chernyayevskiyga joʻnatgan va A.O.Chernyayevskiy ham bu kitobdan bir necha hikoya olib, oʻzi tuzgan „Vatan tili“ darsligida chop ettirgan. Said Azimning vafotidan keyin uning oʻgʻli muallim Mirjaʼfar bir vaqtlar otasining maktab oʻquvchilari uchun tayyorlagan va qoʻlyozma shaklida boʻlgan materiallarni yigʻib, nizomga solidi va 1895-yilda Tabriz shahrida tosh bosma bilan bir kitob chop etadi.

Ushbu kitobdan muayyan vaqt mullaxonalarda va mahalla maktablarida darslik sifatida foydalanilgan. Said Azim barcha moddiy va maʼnaviy qiyinchiliklarga qaramay, 18 yildan ortiq oʻz maktabida muallimlik qilgan. Va nihoyat, bir tomondan mavhumotchilar va dindorlarning turli bahonalar bilan unga qarshi hujumga oʻtishlari, boshqa tomondan esa oʻsha vaqt Shamaxida davlat tomonidan ochilgan shahar maktabining taʼsiri natijasida bora-bora ushbu maktab oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi. Said Azim esa Shamaxida ochilgan ushbu shahar maktabiga oʻqituvchi etib tayinlanadi, umrining oxirigacha oʻsha yerda Ozarbayjon tili va adabiyoti darslarini oʻtgan. Said Azimning „Majmuai-asari-Hoji Said Azim Shirvoniy“ nomli dars kitobidan boshqa „Tojul kutub“ nomli darslik ham yozgan. Bu darslikka shoirlardan va turli adabiy manbalardan qilgan tarjimalarni ham kiritgan.[3]

Ijodi[tahrir]

Said Azimning ilk sheʼrlarining yozilish sanalari qayd etilmagani tufayli uning ijodi qaysi yillardan boshlangani nomaʼlum. Faqat baʼzi sheʼrlaridan („Baytussafo shoirlariga maktubi“ Nasriddin shohga hajvi va b.) uning 1860-yillar boshlarida tajribali shoir boʻlgani koʻrinib turadi.

Said Azim Shirvoniy asarlari 1920-yilgacha besh marta chop etilgan. 1895-yil Tbilisi, 1895-yil Tabriz (ehtimol, Tabriz nashri 1895-yildan biroz muddat keyinroqqa tegishli boʻlishi ham mumkin), 1897-yil Tabriz, 1902-yil Boku va 1912-yil Tabriz nashrlari. Said Azim Shirvoniy asarlari 1920-yildan soʻng boshqa tillarga ham tarjima qilinib yoyilgan. 1926-yilda uning asarlarining oz qismi arman tiliga tarjima qilinib, kitob shaklida va 1961-yilda rus tilida chop etilgan.

Said Azim Shirvoniyning „Koʻpakka ehson“ satirasining qisqacha mazmuni shunday: Boy hojining iti oʻladi. Hoji uni Islom dinining qonun-qoidalariga muvofiq qabristonda dafn qiladi. Bu hodisadan bir mulla xabar topadi. Mulla hojiga laʼnat oʻqiydi va hoji yashagan uyga keladi. Mullaning kelganidan xabar topgan hoji podasidan ellik qoʻyni ajratadi. Mulla qoʻy gapini eshitishi bilan oʻz fikrlaridan voz kechadi. Bu asar xalqaro syujetli asar boʻlish bilan birga, Ozarbayjon hayoti va maishati bilan chambarchas bogʻliq original tafakkur mahsulidir. Dunyo adabiyotida ham bunday asarlar bor. Masalan, italyan yozuvchisi Pojo Brachcholinining (1380-1459) „Itni dafn etgan ruhoniy“ nomli latifasi bor. XIII asr fransuz satiriki Ryutbefin „Eshakning vasiyati“ nomli satirasini ham aytish mumkin.

Bir muhim qaydni ham koʻrsatish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. A. Haqberdiyev „Mirza Fatali Oxundovning hayoti va faoliyati“ nomli maqolasida M. Oxundovning Said Azim Shirvoniy bilan aloqalaridan gapirib, „Mirza oʻsha vaqtning mashhur shoirlari — Zokir va Said Azim bilan doʻst boʻlgan va maktublashib turishardi“ deb taʼkidlagan. M.F.Oxundov bilan Q.Zokir orasida doʻstlik aloqalarini tasdiqlovchi faktlar keng va adabiy jamiyatimizga anchadan beri maʼlum. Lekin Mirza Fatali va Said Azim Shirvoniyning shaxsiy tanishligi haqida hech qanday hujjatga duch kelinmaydi. A. Haqverdiyevning M.F. Oxundov bilan Said Azimning shaxsiy doʻstligi va yozishmalari haqiqatga yaqin fakt boʻlsa-da, ehtimol boʻlib qolaveradi. Faqat Oxundovning asar va maqolalari bilan Said Azimning tanishligi „Ekinchi“ vositasi bilan boʻlgan.

Asarlari[tahrir]

She'rlari[tahrir]

  • Obid va quruq bosh suyagi
  • Dunyoda mening ovozim bor
  • Olimning ishi
  • Olimning zolim podshoga qilgan javobi
  • Do'stingizning xatiga javob bering
  • Xatga javob berish (Bir paytlar hiyni-hurram)
  • Xatga javob bering (Do'sti-girami, sizga salomlar)
  • Bir kishining do'sti
  • Johil ota va bilimli o'ilning hikoyasi
  • Cho'pon haqidagi hikoya
  • Tilanchi va qaysar
  • Azuddudovla o'g'lining kasalligi
  • Yosh mast va dindor
  • Ziyoratchilar va mullalarning hikoyasi
  • Xom ashyo taqdiri
  • Horun va shoirlar hikoyasi
  • Hatem sarguzashtlari
  • Haj ibodati bilan darveshning suhbati
  • Hazaran, minnatdorchilik bildiradigan, shaxsiy fikrli odam
  • Hikoya (Omiros nomli shifokor davri)
  • Hikoya (Kiyik juda issiq edi)
  • Hamadaning qozisi
  • Hamadan qishlog'ining tarixi
  • Donolik
  • Aleksandr davrida ikkita shifokor
  • Iskandarning hikoyasi (Aytishlaricha, bir kun Iskandar)
  • Iskandarning hikoyasi (Aleksandr bir kun safarga chiqdi)
  • Aleksandrning irodasi
  • Korun hikoyasi
  • Logmanning sotishi
  • Logmanning hikoyasi (Roviylar shunday dedilar)
  • Logmanning hikoyasi (Roviylar shunday dedilar)
  • Logmanning hikoyasi (Lojman to'rt ming yil yashadi)
  • Talaba va o'qituvchi haqidagi hikoya
  • Harflar qatorlari
  • Mamun va uning xizmatkori
  • Mir Ja'farga (Jafar, mening kuyovim) murojaat qilish
  • Mir Ja'farga (Jafar, mening gulbargim)
  • Mir Ja'farga murojaat qiling (ey o'g'lim, bilingki, Rabbimizning inoyati)
  • Masalan
  • Mulla va cho'ponning hikoyasi
  • Mujtahidning ta'limdan qaytishi
  • Nazimning bayonoti
  • Nushirava ovga boradi
  • O'g'limga (Jafar, mening tomog'im)
  • O'g'limga nasihat (Bil, ey aziz Farzona)
  • O'g'limga nasihat (Jafar, ey barakot xudosi)
  • O'g'limga maslahat (Jafar, ey Nuri-dideyi-Sayyid)
  • O'g'limga maslahat (Jafar, xizmatkorim)
  • O'g'limga maslahat (Jafar, ey mening kasal badanimning xunukligi)
  • O'g'limga maslahat bering (ey o'g'lim, u sizning otangiz ekanligini biling)
  • O'g'limga maslahat (o'g'lim, bu oson emas)
  • O'g'limga nasihat (ogoh bo'ling, ey aziz Farzona)
  • O'g'limga murojaat (Jafar, ey qulay ota)
  • O'g'limga murojaat qiling (ey o'g'lim, agar u olim bo'lsa, Rabboniy)
  • O'g'limga murojaat (o'g'lim, talaba bo'lma)
  • O'g'ri va kambag'al
  • O'g'ri hikoyasi
  • Eslatma (o'g'lim, bilingki, odam befoyda)
  • Eslatma (o'g'lim, hamma narsadan ehtiyot bo'l)
  • Qirol va bog'bon
  • Qirol va yozuvchi
  • Kampir va o'g'ri
  • Oshqozon mushuk
  • Oshqozonning azizi
  • Riyakar abid
  • Sodda xizmatkor
  • Talabalar o'qituvchini aldaydilar
  • Shah va dehqon
  • Shahbaz aka
  • ahmoqona gaz
  • Sanjan Shahning orzusi
  • Shayxulislom Mulla Ahmad
  • Qulning Sulton bilan bo'lgan voqeasi
  • Xon va dehqon
  • Xalifa va Bahlul
  • Xayriya qilganning hikoyasi
  • Uyqu chiroyli
  • Yerdagi odamlarning osmonga shikoyatlari

Tamsillari[tahrir]

  • Ayiq va sichqon
  • Arslon va ikkita buqa
  • Sher va chumolining hikoyasi
  • Birgalikda ketayotgan tuya va eshak
  • Tuyalar va qullar
  • Eshaklar va asalarilar
  • Gaz va kran
  • Sichqoncha va kuchukcha
  • Sichqonlar va mushuklar
  • Sulaymon va qarg'a
  • Xo'roz va chakalak haqida hikoya
  • It va mushuk o'rtasidagi suhbat

Qazallari[tahrir]

  • Dolanım bashina ey nazlı yarım, beri bax
  • Kecha dolandım bashina, dedi pervanedi bu
  • Ey kkonlum, masjid yolungnu qoldir, jon musiqingni tinglang
  • Lablarimda nafasim bor mening
  • Kecha ko'rdim sizngi uxlashda ey afeti-dovran
  • Khani shu mulk bilan ziyofat qildim kechalar
  • Kim ki, eylərsa libasing mubaddal kafana
  • Qurbon bo'lim shu ko'zlarga ki, yarmini ko'rdim
  • Mashallah, shu go'zal kim, Shirvanga kelgan
  • Bo'lmasa edi qamu-muhabbat, tilim vayron bo'ldi
  • Səni əhli-vəfa bilmişdim, ey gül, bivəfasənmiş
  • Sensiz ey ruhi-ravan tanda tavanım yox idi
  • Rahm etmədi ahvalıma yarım bela kecdi
  • Bermam konlumgu bir dilbarga bundan kein

Muxammaslari[tahrir]

  • Baloyi-eshqa dushdurt, ey buti-mehpora, sabr ayla,
  • Gush qil, ey ki bilirsan o‘zuvi vaqifi-kar

Musaddaslari[tahrir]

  • Xo‘sh ol zaman ki, yar mana hamzabon idi.

Nuvhalari[tahrir]

  • Bir chora qil, ey amma, man o‘lsam kafan o‘lmaz
  • Qasimim, zulfi xamin yuzda huvayda go‘runur

Rubailari[tahrir]

  • Rubailar

Hajvlari[tahrir]

  • Ey olan hadiyi-arbabi-zalalet


Said Azimning dinga munosabati[tahrir]

Said Azim oʻz asarlarida mazhab va tariqatlarni yomonlasa ham, ularning Ali nomi bilan hech qanday aloqasi yoʻqligini daʼvo qilardi. U butun bu mazhab va tariqatlar oʻz ozuqa va ilhomini aynan Ali nomidan olishini tushuna olmasdi. Said Azim Oxundov kabi ateist boʻlmagan, uning dunyoqarashiga dinning kuchli taʼsiri boʻlgan. Lekin oʻz asrining ilgʻor shaxslaridan boʻlgan Said Azim diniy eʼtiqodga juda loqayd va passiv munosabatda boʻlgan.[3]

Islom ahkomining tanqidi:

Dersang manga, kim, huri-gʻilmon boʻlajakdir,

Qismat sen boʻl Kavsari-rizvon boʻlajakdir.

Basdir manga bu soqiyla bodayi-gulgun,

Manzilgohimiz sahni-guliston boʻlajakdir.

Naqdini bergan nasiyaga nodon boʻlajakdir.

Soqiy manga gʻilmondir, sharobim mayi Kavsar,

Voiz jigari hasratiyla qon boʻlajakdir.

Favt aylama bu fursatni, ey, oqilu hushyor,

Umring ketar, dahr oʻzi vayron boʻlajakdir.

Islom odat va marosimlarining tanqidi:

Kerak avval chopmoq boshlarini favji ulamo,

Chunki onlari bu ishlarda ransul fuqaro,

Soʻngradan bosh choparlar xon, amirul umaro,

Na ki, har birsaru pa lotiyi maydin, axaviy.


Islom kasblarining tanqidi:

Shiamiz sunniyga etgan tuhmat,

Sunniymiz shiamizga etgan gʻiybat.

Bizni puch etdi shia, sunniy soʻzi,

Ahli islomning boʻldi koʻr koʻzi.


Islom tariqatlari tanqidi

Birisi mashhadi Jaʼfardir, Xuroson lotusi,

Ki, solur kunda imomli ichiga gʻavgʻoni.

Biri mulla Ali Haydardir, u Kalvo hoʻkizi,

Bobilik naylayir axir, u choʻlning hayvoni!

Biri sarroj MAjiddir ki, u ham bobiy oʻlur,

Har yetgʻon shaxs ila suhbat aylar irfoni.

Sanga na voqe oʻlubdur ki, oʻlubsan bobiy?

De, qani, senda qani marifati insoniy…


Dindorlikning tanqidi:

Har viloyatda bor besh-oʻn kasaba,

Ellik ming sayyidu oxund, talaba,

Ellik darvesh, ellik marsiyayoaqqan,

Hammaning soʻzlari tamomu yolgʻon;

Ellik ming suxta, ellik ming soil,

Ellik ming hoʻqqaboz-noqobil,

Hammaning fikri xalqni shilmoqdur,

Quruq yerda bu xalqni qoʻymoqdur.


Xurofot va mavhumotning tanqidiy masalasiga kelganda, xurofot va mavhumotning taʼriflarini aytsam yana-da effektli boʻladi deb oʻylayman. Din kani xurofot va mavhumot ham tabiat va jamiyat hodisalarining sabablari, aloqalari va qonunga mosliklarining notoʻgʻri, tahrif etilgan sharhi bilan bogʻliq. Bunga koʻra esa uydirma, afsonaviy tasavvurlardan iborat boʻlgan xurofot va mavhumot dindorlarning shuurida diniy tasavvurlar bilan birga yashaydi, ularning hayot va maishatida muhim rol oʻynaydi. Din kabi xurofot va mavhumot ham insonlarning fanga, maorifga qiziqishlariga, ijtimoiy hayotga faol munosabat koʻrsatishlariga toʻsqinlik qilardi.

Albatta, mavhumot va xurofotning malak, jin, shayton va b. asli boʻlmagan vujudlarning borligʻiga eʼtiqod qilish, joduga, sehrga, romga ishonish, pirga, oʻchoqqa, muqaddas ruhlarga sigʻinish kabi unsurlar islomdan avval ham boʻlgan. Bular ibtidoiy magiya va budparastlikda ham boʻlgan. Lekin Islom dini ularga diniy ravnaq bergan, toʻldirgan va rivojlantirgan.


Jon maqomina kelar boʻyi riyo masjiddan,

Koʻrmadim umrda bir zavqi safo masjiddan.

Boʻriya tek toʻshanir masjidga hardam zohid,

Hayf tark boʻlmadi aslo bu riyo masjiddan.

Turdi-mayxonani tek jome, keltir, ey soqiy,

Koʻrmadim dardimgʻa olamda davo masjiddan…

Sayido, buncha kki, masjiddan etarlar nafrat,

Ne koʻrublar ajabo kim shuaro masjiddan.


Xulosa qilib shuni aytish lozimki, Said Azim Shirvoniyning oʻlim tarixi kichik bahs yaratsa ham bir necha manbalarda 1888-yil deb yoziladi va qayd etiladi. Hatto professor Ogʻa Mammad Samad oʻgʻli Abdullayevning eng mashhur asarlarida Said Azimning oʻlim sanasi koʻrsatilmagan. Ozarbayjon SSRI Fanlar Akademiyasi nashriyotining 1967-yilda chop etgan „Said Azim Shirvoniy. Tanlangan asarlari“ nomli uch jildlik kitobining birinchi jildida S. Azimning vafot sanasi 1888-yil deb koʻrsatilgan. Abdulla Shaiq shoirning oʻlim sanasini 1890-yil deb koʻrsatgan. Sovet davri darsliklarida bu sana 1888-yil deb yoziladi. Umuman olganda M.F. Oxundzoda, U. Hojibeyov, N. Narimonov, M. A. Sobir, H. Zardobiy, J.Mammadqulizoda va nomi sanaganim boshqa Ozarbayjon xalqining buyuk avlodlari barhayotdirlar. Oʻlimsizlarning esa vafot sanasi boʻlmaydi. Said Azim aytgandek:


Mavti-jismoniy ila bilma manim oʻlmagimni,

Sayyido, oʻlmazam, olamda sasim bor manim.

Oilasi[tahrir]

Mirjaʼfar (Said Azim Shirvoniyning oʻgʻli)[tahrir]

Mirjaʼfar 1902-yil zilzilasidan[6] soʻng oʻzining va singillarining oilalari bilan birgalikda Boku shahriga koʻchgan, avval Bokuda „Shamaxi yoʻli“ degan hududga joylashgan. Bir yildan soʻng otasining Buzovna va Mardakondan boʻlgan shoir doʻstlari uni qishloqlariga taklif qilishadi. Mirjaʼfar avval Mardakonda, soʻng esa doimiy Buzovna qishlogʻida yashaydi. Mirjaʼfar Buzovna qishlogʻida 1937-yilda vafot etadi,[7] qishloq qabristoniga dafn etilgan. Uning qabr toshini qishloq fuqarosi Abdulla Salimov qoʻydirgan. Mirjaʼfarning Buzovna posyolkasida boʻlgan qabrtoshi ustiga uning tavalludi 1832-yil deb yozilgan, bu esa xato sanadir. Vafot sanasi 1937-yil deb yozilgan boʻlsa ham bu sana taxminiy hisoblanadi.

Mirjaʼfar 1882-yilda aslan Salyandan boʻlgan va Shamaxida yashagan Said Sulaymonning qizi Bika xonim bilan (Said Bika) turmush qurgan. Ularning Mirkomil, Mirfozil, Mirmustafo, Mirodil ismli toʻrt farzandi boʻlgan. Mirkomil chaqaloqligida vafot etgan, qolganlari esa oʻtgan asrning 90-yillarigacha yashashgan.

Said Hojar (Said Azim Shirvoniyning qizi)[tahrir]

Shamaxi shahrida tugʻilgan Sayid Hojar esa Said Azim Shirvoniydan ilk uy taʼlimi olgan. Said Hojar oilasining yaqin tanishi, mayda tijorat bilan shugʻullanuvchi Kabla Quli ismli bir kishi bilan turmush qurgan. Ular ham 1902-yilda ukase bilan Boku shahriga, bir necha yildan soʻng esa Ashxobodga — shamaxilik qarindoshlari yoniga koʻchib ketishadi.[3] Bir yildan soʻng Said Fotima ham oilasi bilan birga opasining yoniga koʻchadi. Said Hojarning ikki qiz farzandi boʻlgan: Said Sura va Said Sayyod.

Baʼzi tadqiqotchilarga koʻra Said Hojar 1938-yilda Dushanbe shahrida vafot etgan va oʻsha yerda dafn etilgan. Uning mozorini shoir Orif Safo tanir edi, u ham oʻtgan yili vafot etdi.

Said Fotima (Said Azim Shirvoniyning qizi)[tahrir]

Baʼzi tadqiqotchilarga koʻra Said Fotima 1870-yilda tavallud topgan. Said Fotima Mashadiy Ahmad ismli qarindoshi bilan turmush qurgan. Oilasi bilan avval Bokuga, soʻng esa opasi Said Hojarning yoniga Ashxobodga koʻchadi.

Eri tijorat bilan shugʻullanardi. Ularning bir oʻgʻli — Muhammad va ikki qizi — Said Sadaf va Said Xadicha boʻlgan. Baʼzi tadqiqotchilarga koʻra 1936-yilda vafot etgan Said Fotimaning qabri Ashxoboddadir. Turmush oʻrtogʻi Mashadi Ahmad Fotimadan soʻng uzoq yashagan, 90 yoshida vafot etgan. Said Xadichaning qizi, Said Azimning evarasi Fotima xonimga koʻra esa 1933-37-yillarda Dushanbeda obroʻli oila hisoblangan Said Fotimaning nimasi boʻlsa tortib olishadi.Said Fotimaning vafot sanasini esa 1934-yil sifatida koʻrsatishadi. Mir Muhammad oilasi bilan 1960-yildan soʻng Bokuda yigʻilishadi. Vasiyatiga koʻra Shamaxida bobosi Said Azim Shirvoniyning yoniga dafn etilgan. 1994-yilda yaqinlari uni Shamaxiga olib kelib, Said Azim Shirvoniy qabri yoniga dafn qilishgan.

Said Fotimaning qizi Xadicha xonim Dushanbeda turmush qurgan. 1948-yilda Dushanbeda zilzila boʻlganda, Toshkentga koʻchib kelishadi. Oilalarida faqatgina ozarbayjonlar bilan turmush qurish anʼanasi boʻlgan va bu haligacha saqlanib qolgan. Xadicha xonimni Ardabilning Namin qishlogʻidan boʻlgan Aminogʻa Ahad oʻgʻli Quliyevga turmushga berishadi. Soʻngra urush vaqti Aminogʻa urushga ketadi. U yerdan nogiron boʻlib qaytadi va Toshkentda yashashadi. 1966-yilda Toshkentda zilzila boʻlgach, Dushanbega koʻchib kelishadi. 1992-yilda Dushanbeda nizo boshlanadi. Qayta Toshkentga koʻchib kelishadi. Said Xadicha esa Toshkentda dafn qilingan.[8]

Agar biz Xadicha xonim Dushanbega tugʻilgan deb hisoblasak, unda Said Fotima va Said Hojarning qabrlarining Ashxobodda boʻlishi fikri munozarali boʻlib qoladi. Bizning fikrimizcha, Said Fotima bilan Said Hojarning qabrlari Dushanbedadir. Said Fotimaning narigi qizi Saodat esa 1938-yilda Eronga surgun qilingan. Agar bu soʻzlarning muallifi Said Azim Shirvoniyning evarasi Fotima xonimga tegishli deb hisobga olsak, unda Said Fotimaning qizining ismi Said Sadaf ekanligi ham bahs-munozaralidir.[3]

Xadichaning qizi Fotima xonim Quliyeva Toshkent chetidagi Sergeli tumanida sovetdan qolgan oilaviy yotoqxonada, qizi Nargiz xonim va 22 yoshli nabirasi Temur bilan sharoitsiz vaziyatda yashashadi. Qizigʻi shundaki, Said Azim ham farzandlari kabi gʻurbatda ogʻir hayot kechirgan, muhtojlikda yashagan. Doʻstlariga gʻurbatdan yozgan manzum maktub va sheʼrlarida shoirning sharoiti ochiq ifodalangan:


Diyori Shome oʻl kunkim, mani hukmi qazo chekdi,

Na mehnatlar koʻr oʻl vayronadan bu benavo chekdi.


Said Azimning evarasi Fotima Quliyeva ham buvisining musibatlarini gapirganda, Said Azimning aynan shu gʻazalidan aynan shu baytini tilga olgandi. Qayd etish lozimki, bugun Oʻzbekiston, Eronning Mashhad va Tabriz shaharlarida ha Said Azim Shirvoniyning yaqinlari yashaydi. Hozirda Boku shahrida Said Azim Shirvoniyning 40 nafardan ortiq qarindoshlari bor.[3]

Adabiyot[tahrir]

  • To'plamning latifalari: Divan / Seyid Azim Shirvani. Tabriz: 1895, 282 b.
  • Masalalar, oyatlar hikoyalari va eslatmalar / Seyid Azim Shirvani, Boku: Yoshlik, 1979. 59 b.
  • G'azallar / Seyid Azim Shirvani; tahrirlangan va lug'at tuzuvchisi. S. Gafarli Boku: Azerneshr, 1960. 658 b
  • Seyid Azim Shirvani [monografiya] / K. Mir Bagirov; tahrirlangan F.Gasimzoda. Boku: Ushaqganjnashr, 1959. 235 b.
  • Seyid Azim Shirvani / S. M.Huseynov; tahrirlangan Z. Asgarli Boku: Yozuvchi, 1987. 121 b.
  • Seyid Azim Shirvani / Asgarli Zaman; Ilmiy muharrir: N.Mammadov; ANAS. Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti, Boku: Elm, 2005. 64 b.
  • Seyid Azim Shirvaniyning ona tili she'riyatidagi vazn / Mammadzoda B.M .; Ilmiy muharrir: V.M Mammadaliyev, Boku: 1999. 44 b.
  • G'azaliyat-Seyid Shirvani / Seyid Azim Shirvani; nashriyot M. C. Seyidzoda. 1 jild. Boku: [p. n.], 1902 (1319 h.). 244 b.
  • Tanlangan she'rlar / Seyid Azim Shirvani; [kirish so'z: H. Zeynalli]: Boku: Azerneshr, 1930. 277 b.
  • Seyid Azim Shirvani o'choqlari / S. Ganiev [so'z boshi], T. G'ani; ilmiy tahrir Q. Pashayev. Boku: Fan va ta'lim, 2014. 182 b.
  • Shirvan shoiri : Xagani Shirvani, Nasimi Imadeddin, Said-Azim Shirvani, Mirza-Alekper Sobir, Abbos Sahxat / Rafael Huseynov; Trans: Ilgar Majidli; Ds Kabira Hoshimova; Muharrir Jasorat Gasimov. Boku: Fan va ta'lim, 2012. 120 b.
  • Bolalar adabiyotini tahlil qilish va o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari: Q.Zokir, S.A. Shirvani, J.Mamgulguluzade va M. Dilbazi asarlari asosida: o'quv qo'llanmalar / I. A Orujaliyev; ilmiy tahrir R. O. Qafarov; Azarb. Javob Ozarbayjon Ta'lim vazirligi In-tu o'qituvchilari. Boku: O'qituvchi, 2015. 158 b.
  • Shamaxi zaminining buyuk ozarbayjon shoirlari : ilmiy-ommaviy esse / B.Nabiyev; ilmiy tahrir A. Rustamli; Boku: Ozan, 2012.287 b.
  • Shirvan shoirlari / R. Guseynov; [rassom S. Shatikov]. Xuseynov, Rafael. Boku: [Ilm va ta'lim], 2012. 107 b.
  • XIX asr Ozarbayjon adabiyoti : [darslik] / F. Qasimzade; Y.N. Ismayilova, nashrga tayyorlanmoqda; ilmiy tahrir T. H.Huseynov. Boku: Fan va ta'lim, 2017. 550 b.

Eslatmalar[tahrir]

  1. Seyid Əzim Şirvani
  2. ""Əsərlərin dövlət varidatı elan edilməsi Qaydaları"nın və "Əsərləri dövlət varidatı elan edilən müəlliflərin və dövlət varidatı elan edilən filmlərin Siyahısı"nın təsdiq edilməsi haqqında" Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 7 may 2019-cu il tarixli, 211 nömrəli Qərarı (az). cabmin.gov.az (2019-05-11). 2019-05-13.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Seyid Əzim Şirvaninin ailəsinin qürbətdəki taleyi (az).
  4. АЗЕРБАЙДЖАНСКАЯ ЛИТЕРАТУРА. 
  5. А. Захаров. Народное обучение у Закавказских татар. СМОМПК (сборник материалов описания местнестей и племнь Кавказа),1890. 
  6. Как это было: Шемахинское землетрясение 1902 года. azerhistory.com (ru).
  7. Seyfəddin Qəniyev. Seyid Əzim Şirvani (az).
  8. Aida Eyvazova (26 Noyabr 2013). Seyyid Əzim Şirvaninin xələfləri Azərbaycan Prezidentindən kömək istədilər (az).