Sobir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sobir

Sobir (taxallusi; asl ism-sharifi Mirza Alekper Toirzoda (ozarb. Mirzə Ələkbər Zeynalabdin oğlu Tahirzadə) [1862. 19(31).5, Shemaxa sh. 1911.12(25).7] - ozarbayjon shoiri. Shoir Sayd Azim Shirvoniy ochgan yangi usul maktabida oʻqib, uning taʼsirida sheʼrlar yoza boshlagan. Ijodining dastlabki davrida ishqiy gʻazallar yozgan. 1906 yilda "Mulla Nasriddin" hajviy jur.da Xoʻpxoʻp (Sassiqpopishak) taxallusi ostida hajviy sheʼrlari chop etilgan. Hajviy asarlari ijtimoiy tengeizlik va adolatsizlikka qarshi, oʻz haqhuquqlari uchun kurash tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan. S. qalamiga mansub hajviyalarning mavzu doirasi keng boʻlib, shoir mahalliy voqelik muammolari bilangina cheklanib qolmay, hatto Rossiya Davlat dumasining tarqatib yuborilishi, Eron shohi va turk sultonining kirdikorlarini ham hajv qiluvchi asarlar yaratgan. S. "Mulla Nasriddin" jur. muharriri Jalil Mamadqulizoda va boshqa mualliflar bilan birga hajviyotning jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini kuchaytirgan. S.ning hajviy asarlari Eron, Oʻrta Osiyo va Volgaboʻyi shoirlari, jumladan, Hamza, Soʻfizoda, Sobir Abdulyaa va boshqa oʻzbek shoirlari ijodiga taʼsir koʻrsatgan. S. ning "Hoʻpxoʻpnoma" asari 20-asr boshlarida oʻzbek xalqining sevimli kitoblaridan boʻlgan.

Manbalar[tahrir]

  • Nonvoynoma., t. 1—3, Baku, 1962—65; Izbrannoye, Baku, 1962.

Adabiyot[tahrir]

  • Sharif A., Jizn i poeticheskoye tvorchestvo Sabira (18621911), M„ 1951.