Ateizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ateistdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ateizm xudoning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu nooʻrin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq toʻgʻri emas, baʼzi dinlar (buddizm kabi) „xudo“ tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin.

Oʻzini ateist, deb nomlagan shaxslarning koʻpchiligi gʻayritabiiy hodisalarga skeptik yondoshishib, xudolarning mavjudligiga empirik dalillar mavjud emasligini urgʻulashadi. Bundan tashqari, ateizm foydasiga falsafiy, ijtimoiy yoki tarixiy argumentlar keltiriladi. Aksar ateistlar sekulyarizm, humanizm, ratsionalizm va naturalizm kabi falsafiy qarashlarga ega boʻlishgani bilan, barcha ateistlar birdek boʻysinuvchi dunyoqarash mavjud emas.

Etimologiyasi[tahrir]

Qadimgi yunon tilida atheos (ἄθεος, boʻlishsizlik qoʻshimchasi ἀ + θεός („xudo“)) „xudosiz“ maʼnosini anglatadi.

Tarixi[tahrir]

Ateizm atamasi 16-asrda Fransiyada kelib chiqqan boʻlsa-da, xudolarning mavjudligiga ishonch bildirmagan dunyoqarash va falsafiy oqimlar ibtidoiy jamiyat davrlarida ham boʻlgan. Xudo, ruh tushunchalarini oʻylab topgan va jamiyatni bularga ishontirishga harakat qilgan shomonlar, afsungarlar va hk. din yaratuvchilarining oʻzlari bunga ishonmagan boʻlishlari mumkin. Tarixiy hujjatlarda koʻrsatilgan ateistik qarashdagi falsafiy maktablar mil. av. 6 asrda Hindistonda paydo boʻla boshlagan.

Demografi[tahrir]

Yevropa mamlakatlaridagi xudoga ishonuvchi odamlar miqdori (foizlarda, 2005 yil).

Dunyodagi ateistlar sonini hisoblash qiyin ishdir, zero „ateist“ tushunchasi har xil anglashiladi, qolaversa, xudoga ishonnmaydigan har qanday shaxs ham oʻzini „ateist“, deb atamaydi (u yoki bu soʻzni bilmaydi, yoki jamiyat tazyiqiga uchrashdan qoʻrqadi). Bu borada „dinsiz“ atamasi ishlatiladi. Dinsizlar nufuzi esa dunyo aholisining 16 % (1,1 milliard) tashkil etadi.[1]

Dinsizlar odatda olimlar orasida koʻpchilikni tashkil etadi. Masalan, Nature jurnali tadqiqotlariga koʻra (1998) AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzolarining faqatgina 95.0 % ibrohimiy dinlar tasvirlagan xudoga ishonishadi (AQSh aholisining 85 % xudoga ishongani holda)[2].

[3]

Dunyo boʻylab ateist va agnostiklar miqdori foizlarda.

Shuningdek[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Ateizm haqida sahifa mavjud.