Rishton volosti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rishton volosti
volost
Tegishli Oʻzbekiston
Asos solingan sanasi 1876-yil
Rasmiy tillar oʻzbek, tojik tillari
Aholi 17 970 nafar (1882-yil)
Millatlar tarkibi oʻzbeklar, tojiklar
Maydoni 25250 km²
Xaritada

Rishton (Roshidon) volosti[1] — 1876—1926-yillarda Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati Qoʻqon uyezdi tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik.

Maʼmuriy markazi — Roshidon yaʼni Rishton boʻlib, sobiq qadimiy shahar boʻlgan va oʻsha davrda soʻnggi feodal davrdagi savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik va bogʻdorchilik shaharchasi hisoblangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1876-yilda Qoʻqon xonligi Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshilgach, Fargʻona viloyati 1873-yilda Konstantin Kaufman tomonidan ishlab chiqilgan „Nizom“ asosida boshqarila boshlanadi. 1880-yil boshida Fargʻona viloyatining uyezdlari kengaytiriladi va beshta yangi uyezdga — Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon va Oʻsh uyezdlariga aylantiriladi. Yangi mustamlaka davlatlarni boshqarish uchun Rossiya imperiyasi alohida qonunlar (nizomlar) ishlab chiqadi. Bu hujjatlarga ko‘ra, Rishton volosti Qo‘qon okrugi tarkibiga kiritiladi. 1886-yilda Turkiston general gubernatorligi tomonidan mustamlakachi xalqlarni boshqarish uchun yangi „Nizom“ ishlab chiqiladi.

1923-yillarda Sovet hokimiyati oʻrnatilinib, 1926-yildagi rayonlashtirish jarayonida Rishton volosti oʻrnida Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1926-yil 29-sentyabrdagi 5-sonli farmoni bilan Rishton tumani tashkil etiladi. Fargʻona viloyatida joylashgan va 50 yil davomida faoliyat olib borgan Rishton volosti keyinchalik oʻz faoliyatini toʻxtatadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rishton volosti Fargʻona viloyatining janubi-gʻarbida, Soʻx daryosining oʻng qirgʻogʻida, Olay tizmalarining etaklarida joylashgan edi. Volost karvon yoʻllari kesishmasida, togʻ oldi tekisliklari va togʻli hududlar tutashgan joyda qulay joylashuvga ega boʻlgan, yaʼni bu hududdagi oʻtroq va koʻchmanchi aholining joylashish chegarasi ham aynan shu yerdan oʻtgan.

Volost hududi 25 250 gektar boʻlib, shundan 9 633 gektar maydoni sugʻoriladigan yer hisoblangan[2]. Volost gʻarbda Qoʻqon okrugining Yaypan, shimolda Qoʻqon uyezdining Zohidon, sharqda Margʻilon tumanining Oltiariq va janubda Qoʻqon okrugining Soʻx volosti bilan chegaradosh boʻlgan.

Volostning asosiy gidrotexnik inshootlari kichik sugʻorish kanallari koʻrinishida boʻlib, Rishtonariq, Toʻdaariq, Doʻtirariq, Zarariq suvlari, asosan, Soʻx daryosidan oqib kelgan.

Maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1882—1912-yillarda Qoʻqon okrugi 4 qismga (Boshqird, Beshariq, Konibodom, Prigorodniy) boʻlingan[3], ular tarkibidan 23 ta volostlar oʻrin olgan[4]. Okrugning maʼmuriy boʻlinishidan soʻng, uning tarkibiga Rishton volostidan (Bachqir tumani) tashqari Soʻx, Beshariq, Yaypan, Isfara, Konibodom, Aravon, Ganjiravon, Qaynar, Kenaga, Qudash, Chirchiq-Jidiy, Janjol, Qipchoq, Qoraqalpoqsux, Yangiqoʻrgʻon, Oʻltarma, Nayman, Buvayda, Nagutqipchoq, Laylak, Mahram volostlari ham kirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „РИШТАНСКИЙ РАЙОН“.
  2. Tsentralniy gosudarstvenniy arxiv Rossii v Sankt-Peterburge .F.1882. l.4
  3. „Риштанский район (Rishton Tumani)“.
  4. Tsentralniy gosudarstvenniy arxiv Rossii v Sankt-Peterburge. F.1882. l.4