Namangan uyezdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan uyezdi
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
40°58′0″N 71°34′0″E / 40.96667°N 71.56667°E / 40.96667; 71.56667 G OKoordinatalari: 40°58′0″N 71°34′0″E / 40.96667°N 71.56667°E / 40.96667; 71.56667 G O
Mamlakat Rossiya imperiyasi
viloyat Namangan viloyati
Asos solingan 1875
Aholisi
 (1910)
359,554 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+5
[[File:|290px|Namangan uyezdi xaritada]]
Namangan uyezdi
Namangan uyezdi

Namangan uyezdi — Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Fargʻona viloyatidagi maʼmuriy-hududiy birlik. Maʼmuriy markaz Namangan shahrida. Namanganning eski shahar qismida 12100 ta xonadon, 331 ta masjid, 11 ta qabriston, 120 dan ortiq boshlangʻich va Oʻrta maktab boʻlgan. Shahar aholisi 73 ming kishi, ulardan 900 nafari ruslardan iborat boʻlgan. XX asrning boshlarida shaharning yangi qismida 60 ta xonadon (aksariyati yevropalik aholi), uyezd maʼmuriyati, kazarma, pravoslav cherkovi, bilmi yurti, rus-tuzem maktabi, pochta-telegraf, kasalxona, harbiylar uyi va xiyobon joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyezd 1875-yilda Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasiga qoʻshilishi va Fargʻona viloyati tashkil etilishidan oldin tashkil topgan. O‘sha paytdagi xon Nasriddin 1875-yil sentabrida general Kaufman bilan Farg‘ona vodiysining shimoliy qismini Rossiya imperiyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sulh bitimi tuzadi. Ko‘p o‘tmay Nasriddinxon qo‘zg‘olonchilar tomonidan ag‘darilib, Toshkentga qochdi, xonlikning qolgan qismlari ham imperiya tarkibiga kiradi. M. D. Skobelev boshchiligidagi rus qoʻshini Namangan shahrini egallaganidan keyin (1875-yil 26-sentyabr) tashkil etilgan. Generalgubernator fon Kaufman shaharni kengaytirib, uni ikki qismga boʻlish, uyezd maʼmuriyati va harbiylari uchun alohida joy ajratish, yangi shahar barpo etish haqidagi loyihani tasdiqladi[2]. Mazkur loyihaga koʻra, Namangan oʻlkaning boshqa shaharlari singari „eski shahar“ va „yangi shahar“ ga boʻlindi.

Loyihaga koʻra, „yangi shahar“ toʻgʻri va keng koʻchalar, tosh terilgan yoʻllardan iborat boʻlishi kerak edi. Bu yerda asosan, uyezdning m aʼmuriy binolari, rus harbiylari va savdogarlari yashashi uchun uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Shu maqsadda, shahardagi bek qoʻrgʻoni devorining tashqi tomonidan alohida yer ajratildi va markazi shu yerdan boshlangan 6 ta koʻchaga asos solindi. Koʻchalar keng, ikki tomoniga tol va qayragʻochlar oʻtqazilgan, yoʻllarga tosh yotqizilgan, tunda kerosinli fonarlar yoritib turgan. „Yangi shahar“ hududida harbiy mashqlar oʻtkaziladigan kapa maydoni, shahar bogʻi va bu yerda yashovchilar uchun bozor tashkil etildi, uyezd maʼmuriyati uchun boshqarma binosi, amaldor hamda harbiylar oilasi uchun uy-joylar barpo etildi, harbiy qoʻrgʻonni oʻz ichiga olgan yangi rus harbiy qal’asi qurildi. Yangi shahar"da 1877-yilda jami 34 ta xonadon mavjud edi. Eski va yangi shahar chegarasida ikki qavatli yevropacha usuldagi uylar qad koʻtaradi.

„Yangi shahar“da rus aholisi uchun kutubxona, oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida ikki sinfli bilim yurti, 50 ta oʻringa moʻljallangan harbiy lazaret hamda 20 ta oʻringa moʻljallangan kasalxona ochildi. 1912-yilda Namanganga Qoʻqon tomonidan qurilgan temir yoʻl shaxobchasining ulanishi va ishga tushishi bilan shahar hududi temir yoʻl tomonga qarab kengayib bordi. 1913-yilda Namangandagi xonadonlar soni 12100 taga yetdi. Namangan shahri aholisi 75346 kishiga yetdi[3].

1896-yil 1-yanvardagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholi soni 208.940 (105.212 erkak, 103.728 ayol), shundan 207.543 nafari mahalliy (koʻchmanchi va oʻtroq) boʻlgan. Namangan uyezdida 27 volostdan beshtasi (Qirkyoʻl, Saruu, Chotqol, Arim, Suusamir) koʻchmanchi qabilalar edi. Turkiston oʻlkasida sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan 1924-yilda Namangan uyezdining 10 ta volosti „Qora Qirg‘iz“ uyezdi tarkibiga kirdi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan uyezdi Fargʻona vodiysining shimoli-sharqiy va sharqiy tomonida (Norin — Sirdaryoning sharqida — Chotqol togʻ tizmalari bilan chegaralangan) joylashgan boʻlib, umumiy maydoni 15273,4 km².

Maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1910-yilda okrugda 27 ta volost[4] boʻlgan:

  • Olmos,
  • Arymskaya,
  • Axsi-Shahand,
  • Ashtskaya,
  • Babadarxanskaya,
  • Bagishskaya,
  • Boʻston,
  • Varzikskaya,
  • Qozon,
  • Keninskaya,
  • Qirgʻiz-Qoʻrgʻon,
  • Qutlugʻ-Said,
  • Qirq oʻgʻil,
  • Nanay
  • Nanskaya,
  • Pishkaranskaya,
  • Sarus,
  • Susamyrskaya,
  • Tergauchinskiy,
  • Toʻraqoʻrgʻon,
  • Uychi,
  • Xonobod,
  • Chodak,
  • Chortoq,
  • Chotqol,
  • Chust,
  • Yangiqoʻrgʻon .

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1896-yilda okrugda 208940 kishi yashagan. Aholisi sartlar, qirgʻizlar va tojiklardan iborat edi.

Namangan uyezdi boʻyicha aholi tarkibi quyidagicha boʻlgan:

Aholi tarkibi(Namangan uyezdi)
Millati Erkaklar Ayollar Umumiy
Oʻzbek 2801 2296 5097
Sartlar 14628 12454 27082
Rus 6 3 9
Tojik 2164 1735 3899
Qipchoq 982 801 1783
Qurama 181 111 292
Qoraqalpoq 514 353 867
Turk 880 612 1492
Qirgʻiz 9673 9424 19097
Hind 3 - 3
Jami 31832 27789 59621


Arxiv maʼlumotlariga qaraganda 1885-yilda Namangan shahri aholisi tarkibi quyidagicha koʻrinishda boʻlgan:

Aholi tarkibi(Namangan shahar)
Millati Erkaklar Ayollar Umumiy
Oʻzbek 1625 14005 30259
Rus 74 67 141
Qorategin 44 17 61
Qipchoq 11 10 21
Yahudiy 58 56 114
Hind 22 - 22
Dungan 6 - 6
Jami 16488 14155 30643

1897-yilda Namangan uyezdi boshlig‟i tashabbusi bilan Kiyev guberniyasidan 200 oila tog‟li Chotqol vohasiga joylashtirishga chaqirildi[5].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyezdda dehqonchilik rivojlangan. Bugʻdoy, arpa, sholi, tariq, durra, paxta yetishtirilgan. Pillachilik, bogʻdorchilik katta ahamiyatga ega edi.

Chorvachilik sust rivojlangan.

Sanoat korxonalari asosan hunarmandchilik xarakteriga ega. 1897-yilga oid maʼlumotlarga qaraganda, Namangan uyezdida 26 ta paxta tozalash zavodi, 1 tadan vino va pivo zavodlari, 726 ta tegirmon, 1231 ta yogʻ tegirmoni, 32 ta sovun ishlab chiqarish korxonasi, 15 ta choʻyan quyish korxonasi, 78 ta kulolchilik, 30 ta charm korxonasi, 12 ta gʻisht zavodi, 49 ta toʻquv, 67 ta ipak ishlab chiqarish korxonasi va 45 ta ipak yiguruv korxonasi boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. XUSHNUDBEK MAMADALIYEV. FARGʻONA VODIYSI SHAHARLARI TARIXI (XIX – XX ASR BOSHLARI), Toshkent.: “Fan ziyosi”, Oʻz R FА Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, 2022 — 192 bet. ISBN 978-9943-747-45-6. 6-iyun 2023-yilda qaraldi. 
  2. „Обзор Ферганской области за 1899 год“. academiaedu. Новый Маргелан (1901). Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.
  3. XUSHNUDBEK MAMADALIYEV. FARGʻONA VODIYSI SHAHARLARI TARIXI (XIX – XX ASR BOSHLARI), Toshkent.: “Fan ziyosi”, Oʻz R FА Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, 2022 — 192 bet. ISBN 978-9943-747-45-6. 6-iyun 2023-yilda qaraldi. 
  4. Materiali dlya statisticheskogo opisaniya Ferganskoy oblasti. Rezultati pozemelno-podatnix rabot. Vipusk 3. Namanganskiy uezd, 1910 g.
  5. Gavhar Tursunova „ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO VILOYATIGA AHOLINI KO‘CHIRISH SIYOSATI.( XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA XX ASRNING BOSHLARI)“. conferencepublication.com. Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Namangan // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
  • O‘zMA. 329-Fond — Farg‘ona viloyati Namangan uyezdi boshlig‘i boshqarmasi.