Renat Sobirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Renat Sobirov
Foto
Renat Sobirov 2018-yil klip olish jarayonida
Tavalludi sanasi

1-avgust 1986 (1986-08-01) (33 yosh)
Tavalludi joyi Gurlan, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1996-bugun
Janr Rock, pop

Renat Sobirov — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi, bastakor, multiinstrumentalist, aranjirovkachi va ovoz rejissori. Hozirgi kunda Sobirov Toshkentda Kelajak Records Pro studiyasiga rahbarlik qiladi. Bundan avval oʻzi asos solgan Gamma Records ovoz yozish studiyasini boshqargan.

Sobirov 2005-yil taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqovga shogirdlikka tushgan va uning studiyasida aranjirovka va ovoz yozish ishlarida qatnashgan. Oʻz faoliyati davomida Sobirov DJ Piligrim va Ulugʻbek Rahmatullayev kabi qoʻshiqchilarning ovoz yozish loyihalarida ham qatnashgan.

Sobirov bastakorlik va qoʻshiqchilik bilan ham shugʻullanadi. Shu kungacha bir necha singl va bir albom – „Yomgʻirlar“ (2019) albomini chiqargan. Sobirov bir necha musiqa asbobini mahorat bilan chaladi.

Hayoti[tahrir]

Renat Sobirov 1986-yil Xorazm viloyatida joylashgan Gurlan tumanining markazi boʻlimsh Gurlan shaharchasida tugʻilgan.[1] 1997-yil Urganch shahriga koʻchib borgan. 2004-yil Urganchdagi 1-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. 2005-2009-yillar orasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sirtqi boʻlimda iqtisod sohasida tahsil olgan.

Ijodi[tahrir]

Renat Sobirov rejissor Rustam Meliyev bilan klip olish jarayonida

Renat Sobirov 1996-yildan beri musiqa bilan shugʻullanib keladi. U 2005-yil taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqovga shogirdlikka tushgan. Sobirov Sodiqov studiyasida aranjirovka va ovoz yozish ishlarida qatnashgan. Oʻz faoliyati davomida DJ Piligrim va Ulugʻbek Rahmatullayev kabi qoʻshiqchilarning ovoz yozish loyihalarida ham qatnashgan. „Bolalar“ guruhi „Yalla“ guruhi bilan Dubayda oʻtkazgan konsertda ham qatnashgan.

Sobirov bastakorlik va qoʻshiqchilik bilan ham shugʻullanadi. Shu kungacha bir necha singl chiqargan. U akustik gitara, bas gitara, dovul, elektrogitara, va sintezator kabi koʻpgina asbobni mahorat bilan chaladi. Sobirov Tohir Sodiqov va „Bolalar“ guruhining barcha qoʻshiqlarini ijro eta oladi.

Hozirgi kunda Sobirov Toshkentda Kelajak Recrods Pro studiyasiga rahbarlik qilgan. Bundan avval oʻzi asos solgan Gamma Records ovoz yozish studiyasini boshqargan. 2014-yil Tohir Sodiqov Renat Sobirov yozgan „Adashdim“ deb nomlangan qoʻshiqni ijro etgan. 2018-yilda esa ikki qoʻshiqchining „Yomgʻirlar“ ashulasi eʼlon qilindi. 2019-yil Sobirovning ilk albomi – „Yomgʻirlar“ eʼlon qilindi.

Diskografiyasi[tahrir]

Albomlari[tahrir]

Singllari[tahrir]

Yil Qoʻshiq
2012 „Bormu?“
„Sevmaysan“
2016 „Sevgi gunoh (Bu sevgi)“ (Shahriyor bilan duet)
2017 „Gulim“
„Nega sen ket deding?“ (Bolalar qoʻshigʻiga kaver)
„Endi har kun“
„Nega xafa?“
„Musofir ayol“
„Bu hayot ekan“
2018 „Bergan vaʼdalaring qani?“
„Majnuntol“ (Leyla bilan duet)
„Прости меня“
„Я люблю“
„Джана-джана“
„Не могу я без тебя“ (Ariza bilan duet)
„Sevaman“
„Любви сюжет“ (Umukusum Shamilova bilan duet)
„Aldama“
„Sen-sen“
„Begonadekmiz“ (Shahriyor bilan duet)
„Gullolam“
„Yomgʻirlar“ (Tohir Sodiqov bilan duet)
„Sensan“
„Ketma“
„Kulib qoʻydim“
„Men ado boʻldim“
2019 „Sen ketgan kundan“ (Bolalar qoʻshigʻiga kaver)
„Kerakmas“
„Disko“
„Aybdor“
„Mazalim“
„Telba oshiq“ (Keydi bilan duet)
„Farzandlar“
„Ало-ало“
„Одинокие рассветы“
„Sogʻlik pulga sotilmaydi“
„Bu hayot ekan“
„Скучаю“
„Dim sogʻindim“
„Sogʻinib yana“

Kliplari[tahrir]

Yil Qoʻshiq Rejissor
2012 „Bormu?“
„Sevmaysan“
2017 „Gulim“
2018 „Nega xafa?“
„Я люблю“
„Gullolam“
2019 „Yomgʻirlar“ (Tohir Sodiqov bilan)
„Aybdor“
„Mazalim“
„Sogʻlik pulga sotilmaydi“

Manbalar[tahrir]

  1. "Tohir Sodiqovning lotereyada yutib olgan shogirdi". 7x7 (No. 48 (1065)). 30.11.2017. 

Havolalar[tahrir]