Ulugʻbek Rahmatullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulugʻbek Rahmatullayev
Ozodbek Nazarbekov, Otabek Mahkamov, and Ulugʻbek Rahmatullayev (9.30.2012).JPG
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Ulug'bek Ibrohimovich Rahmatullayev
29-yanvar 1982-yil (1982-01-29) (42 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Janr pop musiqa
Veb-sayt http://rahmatullaev.uz

Ulugʻbek Rahmatullayev (1982-yil 29-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek yakkaxon xonandasi. Bogʻcha va maktabda musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qoʻshiq kuylab, sheʼr aytishni juda yoqtirgan. Maktabni bitirgandan soʻng Ulugʻbek Rahmatullayev Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining „Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi“ fakultetini tamomlaydi. Shou-biznes sohasida 1999-yildan buyon professional sanʼatkor sifatida faoliyat yuritadi. Uning ilk „Yorim yoniga borsam“ qoʻshigʻi xit tarona darajasiga yetadi va shundan soʻng 2004-yilda shoir Bobur Bobomurod qalamiga mansub boʻlgan „Oydin, oydin kechalar“, „Sevma“, „Sen ketding“ va „Kapalak“ qoʻshiqlari ketma- ket xit qoʻshiqlar darajalariga yetdi.[1].

Uning „Qizalogʻim“, „Qirmizi olma“, „Ona“ kabi qoʻshiqlari mashhurdir. Unvoni — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.[manba kerak]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ULUGBEK RAHMATULLAYEV“. muz.uz. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.

Konsertlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Konsert nomi Konsert zali Kunlari
2012 Layloyimsan Xalqlar doʻstligi saroyi 26,27 Oktabr
2013 "Sog'inib" 27,28 Oktabr
2014 "Shirin orzu" 16,17,18 Oktabr
2015 "Yoshlik qaytmaydi" 5,6,7,8 Noyabr
2016 "Qirmizi olma" 9,10,11,12,13 Noyabr
2017 "Sog'inch Fasli" 8,9,10,11,12,13 Noyabr
2018 "Ey yurak" 6,7,8,9,10,11,12 Noyabr
2019 "Seni izlab" 6,7,8,9,10,11,12 Noyabr
2022 "Sizni sog'indim" 9,10,11,12,13,14,15 Noyabr