Sen ketgan kundan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Sen ketgan kundan“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„7-albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1997
Yozib olingan 1997
Janr xard-rok
pop rok
Davomiyligi 6:34 (xard-rok versiya)
5:08 (pop-rok versiya)
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov
„7-albom“ xronologiyasi
„Sevgi yosh tanlamas“ Sen ketgan kundan „Sen uchun“

Sen ketgan kundan“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1997-yil chiqarilgan „7-albom“ nomli studiyaviy albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. „Sen ketgan kundan“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir[2]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. Tarona guruh gitarachisi Timur Gaynutdinov chalgan pauer-akkordlar hamda Sodiqovning kuchli vokali bilan tinglovchilar eʼtiborini qozongan.

„Sen ketgan kundan“ qoʻshigʻining qisqaroq, pop-rok janridagi versiyasi ham mavjud. Mazkur versiya uchun klip suratga olingan. Unda Sodiqov turmush oʻrtogʻi hamda ikki qizi bilan rol oʻynagan. 2019-yil oʻzbek xonandasi, „Bolalar“ guruhining konsert gitarachisi Renat Sobirov qoʻshiqni elektron raqs musiqasi janrida kaver qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Болалар" гуруҳининг 7 чи оригинал альбоми“. YouTube (28-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 30-oktyabr 2022-yil.
  2. Нормуродов, Шуҳрат „Аудиокассета афсоналари: 90-йиллар эстрадаси нега кучли эди?“. Xabar (12-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]