Sintezator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sintezator — murakkab elektron musiqa cholgʻu asbobi. S. boshqa (jumladan, elektro) musiqa cholgʻularidan farqli oʻlaroq tovushlarni chiqarish boʻyicha cheklanmagan imkoniyatlariga ega: unda barcha kuy va usullar, turli musiqa sozlari va tabiat tovushlari (mas, shamol gʻuvillashi, qushlar sayrashi), shuningdek yangi, tabiatda mavjud boʻlmagan tovush, shovqin va tembrlarni chiqarish mumkin. Birinchi mukammal namunalari 20-asrning 2-yarmida kashf etilgan (Ye. Murzin, R. Mug va boshqalar). Ular faqat maxsus studiyalarda, asosan, kompozitorlar tomonidan ishlatilgan (X. Veding , E. Denisov, E. Artemyev va boshqalar). Keyinchalik ixcham shaklidagi konsert va boshqa S.lar paydo boʻlib, estrada va popmusiqa (mas, Pol Maria orkestri, "Bony M" ansambli), rok musiqa ("Space", "Pink Floyd", "Zodiak" kabi guruxlar), kinomusiqa, radio va telespektakllarda keng foydalanilgan. Oʻzbekistonda turli rusumdagi S.lar 1980y.larning boshlarida paydo boʻlib ("Yalla" ansambli, Sh. Joʻrayevga joʻrnavoz guruh va boshqalar), hozirda radio va televideniye, kinostudiya va teatrlarda, musiqa studiyalarida fonogramma tayyorlashda, baʼzida konsert jarayonida ham joriy etilmoqda.