DJ Piligrim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


DJ Piligrim
Maʼlumot
TaxallusiDJ Pilligrim, Ila
Tavallud topgan sanasi va joyi1976-yil, 10 iyun, Toshkent, Oʻzbekiston
Yo'nalishiPop, Dance
KasbiDJ, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari1998 - Hozirgi vaqtgacha
YorliqGC Records
Piligrim Records
Veb-sahifasiwww.djpiligrim.com

DJ Piligrim (asl ismi: Ilhom Yoʻlchiyev Isroilovich) Toshkent shahri, 10 iyun 1976 yil - oʻzbek DJ va qoʻshiqchisidir. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida qoʻshiqlar yozadi. "Piligrim" soʻzi "пилигрим", "ziyoratchi"larni anglatadi.

Ijodi[tahrir]

DJ Piligrim oʻz faoliyatini 1998-yili, GC Records bazasida, Dmitriy Levin bilan birgalikda boshlagan. Ilk hitlaridan biri "Мне не жить без тебя" ("Sensiz yasholmasman") oʻsha paytlarda yangilik boʻlmish FM-radiolarida tez-tez qoʻyilardi. Keyinchalik Piligrim "Koʻk choy", "O Leyla", "Я скучаю" ("Sog'inaman"), "Koʻr boʻlsin", "Ты меня забудь", "Оазис" kabi ashulalari bilan yanada kengroq mashhurlikka erishdi.

DJ Piligrim boshqa musiqachilar bilan ham ijod qilib keladi. Jumladan, uning birinchi "Nocherom, vecherom, kecherom" albomidagi "Unutma meni" (Diana Sharapova bilan), "Ветер перемен" ("Oʻzgarishlar yeli"; Sevara Nazarxon bilan), "Tanhoman" (Yulduz Usmonova bilan) va "Я встретил девушку" ("Bir qiz uchratdim"; Tohir Sodiqov bilan) kabi ashulalar shunday hamkorliklar namunasidir. Agarda xonanda boʻlmaganida, fazogir boʻlardi. Vazni 75 kg, Boʻyi 180 sm Shaxsiy e-mail manzili: info@djpiligrim.com

Sobiq turmush oʻrtogʻi eks "Setora", "Seʼtanho" guruhi aʼzosi Kamilla Xoʻjayeva ("La-la-la" klipida suratga tushgan). Ogʻli Isom.

Diskografiyasi[tahrir]

  • "Nocherom, vecherom, kecherom" - 1998
  • "Ангел печали" (Angel pechali, "Qaygʻu farishtasi") - 1999
  • "Национальность - люди" (Natsionalnost - lyudi, "Millati - odamzot") - 2001

Sovrinlari[tahrir]

  • «Tarona Taqdimoti — 2002» marosimining — «Yil qoʻshigʻi – “Soy boʻ’yida” qoʻshigʻi».

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]