Yalla (guruh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yalla
Farrukh Zokirov (2019-09-07).jpg
Yalla guruhi
Kelib chiqishiToshkent
MamlakatOʻzbekiston
Faoliyat1970 yildan
JanrRok, Estrada, Pop, folklor
LeyblMelodiya (rus. Мелодия)
TarkibFarux Zokirov

Javlon Toʻxtayev
Alisher Toʻlyaganov
Sarvar Kaziyev

Igor Holiqov
Sobiq aʼzolarAbbos Aliyev

Tulkin Isakov
Abdullah Kurbanov (m)
Oleg Chesnokov (m)

Davron Gaipov
Veb-sahifa-

Yallaoʻzbek folk-, rok- va pop-guruhi. Asoschisi va solistiFarrux Zokirov. 1970-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida institut Oʻquv teatri direktori, shoir G.Rojkov va dastlabki musiqa rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kompozitor Ye.Shiryayev tashabbusi bilan VIA shaklida tashkil topgan. Ishtirokchilari — F.Zokirov (1976-yildan badiiy rahbar), Shahboz Nizomitdinov, L.Kandalova, B.Joʻrayev, S.Avanesov, A.Fatxullin, Nargiz Boyxonova va boshqalar 1971-yil Oʻzbek konsert tarkibiga kirib, 1975-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1970-yillar oxirida ansamblga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar R.Ilyosov (musiqa rahbari va aranjirovkachi, 1994-yilgacha), J.Toʻxtayev, A.Aliyev, A.Toʻlaganovlar kelib qoʻshilgan. „YA.“ ijodida milliy ohang va usullari rok musiqa („bluz rok“, „soft rok“, „rok-n-roll“ va boshqalar), Yevropa va Sharq musiqiy estrada shakllari hamda ommaviy musiqaning boshqa vositalari bilan uygʻunlashib, oʻziga xos, joʻshqin va jozibali uslub shakllanishiga asos boʻldi. Repertuaridan folkrok uslubida qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari („Boychechak“, „Yumalab-yumalab“, „Qilpillama“, „Gʻayra-gʻayra“, „Xandalak“ va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari („Oʻzbekiston“, S.Yudakov; „Qiz bola“, E.Solihov; „Bahor qasidasi“ F.YanovYanovskiy va boshqalar)ning aranjirovka qilingan asarlari va F.Zokirov bastalagan qoʻshiqlar („Majnuntol“, „Sumalak“, „Masxarabozlar“, „Sen boʻlmasang yonimda“, „Musiqali choyxona“, „Leyli“, „Uchquduq“, „Shahrisabz“, „Toshkentim onam“, „Yurt ishqida yonaman“, „Bugun bayram“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ayniqsa, „Yallamayorim“ (1984) va „Musiqali choyxona“ (1987) teatrlashtirilgan dasturlari mashhur boʻlib, Oʻzbekiston va koʻpgina chet mamlakatlarda namoyish etilgan. Ijrolari 10 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.

Tarix[tahrir]

„Yalla“ vokal-cholgʻu ansambli 1970 yilda Toshkent shahrida Toshkent Teatr Instituti va Toshkent Konservatoriyasi bitiruvchilaridan tuzilgan. 1971-yildagi „Allo, isteʼdodlarni qidirayapmiz“ ("rus. Алло, мы ищем таланты") Butunittifoq koʻrik-tanlovida Farruh Zokirov boshchiligidagi „Yalla“ ansambli rus tilida ijro etgan „Na tot bolshak“ qoʻshigʻi ularga koʻrik-tanlov diplomini keltirib, katta shuhrat berdi. 1974-yilda esa Oʻzbekistonda ancha tanilib qolgan „Yalla“ Bratislavadagi tanlovda „Majnun tol“ qoʻshigʻi bilan Gʻarbdagi tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi. Ularning „Uch quduq“ qoʻshigʻi esa Ittifoq shlyageriga aylandi.

Filmografiyasi[tahrir]

Aktyor[tahrir]

Film
Yil Film Rol Izoh
1978 Toʻylar muborak Oʻzi Kameo
1980 rus. Какие наши годы!' Oʻzi Kameo
1989 Tangalik bolalar Oʻzi Kameo
2000 Alpomish
200... rus. Майсара — Супер Звезда' Myuzikl
2003 Taqdir Davlat Zokirov (Shoxruxning otasi)
Munis onam Oʻzi Kameo
2010 rus. Ялла…начало…' Oʻzi Hujjatli
«Yalla» guruhi
  1978 — Nasha pesnya
  1979 — Yalla
  1982 — Tri kolodsa
  1982 — Parad ansambley
  1983 — Litso vozlyublennoy moyey
  1984 — Ya ne mogu inache
  2000 — Jinouni
  2000 — Boroda verblyuda
  2003 — Grand Kollekshn