Hajjoj Ibn Yusuf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hajjoj Ibn Yusuf, al-Haj joj as-Saqafiy (660, Toif — 714, Vosit) — umaviylarnnig Hijoz (692—694) va Iroqdagi (694 yildan) noibi, xatib. Toifda dars berish bilan shugʻullangan, soʻngra Damashqda xalifa Abdulmalik ibn Marvonning noibi Ruh ibn Zinboʼning shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi. 691—692 yillarda Makkada isyon koʻtargan Ab-dulloh ibn az-Zubayrga qarshi kurashgan umaviylar qoʻshini qoʻmon-doni. Xalifa uni Hijoz, Yaman, Yamoma voliysi etib tayinlagan, keyinchalik unga Iroqni ham bergan. Umaviylarning siyosiy muxo-liflariga nisbatan shafqatsizligi bilan shuhrat qozongan. 700 yilda moliya va soliq islohoti oʻtkazgan, Vosit shahriga asos solgan, Furot va Dajla daryolarining quyi oqimi boʻylaridagi botqoqliklarni quri-tib, qishloq xoʻjaligi ekinlari ektirgan, sugʻorish kanallarini qayta tiklagan. Bu tadbirlar natijasida Umaviylar hokimiyati mustahkamlangan, Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqda bosqinchilik siyosati olib borish imkoniyati tugʻilgan. Bosqinchilik yurishlari H. ibn Yu. rahbarligi ostida, unga tobe arab sarkardalari tomo-nidan olib borilgan (qarang Kutayba ibn Muslim). Arab yozuvida nuqta va harakat belgilari qoʻyilishi joriy qilinishini H. ibn Yu. nomi bilan bogʻlaydilar.

Mahfuza Alimova.