Vardonxudot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vardonxudot — hozirgi Buxoro vohasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan kichik davlat (6-asr oxiri —8-asr boshi) — Vardonze podshoxlarining unvoni. V. Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng kuchlisi boʻlgan. Shuning uchun ham 8-asr boshida Turkistonga kelgan arab fotihi Qutayba ibn Muslim V. bilan boʻladigan toʻqnashuvga alohida eʼtibor bergan. Buxoro tarixchisi Narshaxiyning yozishicha: "... Bir vazir Turkistondan kelgan edi: nomi Vardonxudot: Vardona yerlari unga tegishli edi. Qutaybaga u bilan koʻp urush qilishga toʻgʻri kelgan edi...". "Tarixi Tabariy"da hikoya qilinishicha, jangda arab qoʻshinlari V.dan yengilgach, Qutayba hiyla ishlatib V.ga yordamga kelgan sugʻd hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, dushmanni zaiflatib, soʻngra uning ustidan gʻalaba qilgan (708709 yillar).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil