Sugʻdiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sugʻdiylar, sugʻdlar — Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasining qad. aholisi. Bu mintakdsa S. etnik uyushma sifatida mil. av. 12—11-asrlarda paydo boʻlgan. Avesto kitobida Gava nomli yurtda S. yashaydi deb koʻrsatilgan ("Videvdat", I fragard). Axomaniylar qoyatosh bitiklaridagi Suguda nomli qaram satraplik aholisi S. boʻlgan.

S. har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muqim rol oʻynagan. Mil. av. 8—7-asrlarda Koʻktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon sh. harobalari oʻrnida boʻlgan qad. shaharlar Sugʻd xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi.

S uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida boʻlib kelganlar. Jumladan, axomaniylar, yunonlar, kushonlar, xioniylar, eftaliylar, kidariylar, Turk xoqonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar.

Mil. av. 2—1-asrlardan boshlab S. oʻz hududlarida yangi konfederatov davlat tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchiligida Kesh, Buxoro, Naxshab(Nasaf) kabilar edi. Ayni shu davrdan umumsugʻd alifboli yozuvi amal qila boshlagan va uning koʻplab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.

S. Buyuk ipak yoʻli xalqaro munosabatlarda katta nufuzga ega edilar. Sugʻd tili xalqaro til darajasiga koʻtarilgan. Sugʻd yozuvi esa, qad. turkiyruniy, uygʻurturkiy, moʻgʻul, manjur va boshqa Sharq yozuvlariga grafik asos boʻlib xizmat qilgan. S. oʻz yozma yodgorliklarida xalq sifatida "Sgʻudik nob" "Sugʻd xalqi" deb atalgan.

S. Sharqiy Turkistonga savdo bilan kelib, Buyuk ipak yoʻlidagi shahar va qishloqlarda, 4—5-asrlar davomida (balki oldinroq) shu yerlarda qolib yashaganlar. Bu yerdagi viloyatlarning koʻpchilitida savdosotiq ishlari S.ning qoʻlida boʻlgan. Dunxuan va Guanchjou viloyatlarining hokimi maʼlum vaqtlargacha Sdan boʻlgan. 6—8-asrlar davomida bularning ham koʻpchiligi turkiylashib ketgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Ishoqov M ., Sugʻdiyonatarixi chorrahasida, T., 1990; Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992; Sogdiyskiye dokumentoʻ s goroʻ Mug , voʻp. 1—3, M., 196263.

Mirsodiq Ishoqov.