Qorakamar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QorakamarSurxondaryo viloyatidagi Kalif-Sherobod qator tepaliklarida joylashgan tosh davri makoni. 1875 yilda N.A.Mayev tomonidan tekshirilgan. Q.ning 3 ta gʻoridan odamlar, otlar va itlarning qoʻpol chizilgan tasviri topilgan. N.A.Mayevning taxminicha, bu tasvirlar choʻponlar tomonidan chizilgan. Keyinchalik 1940 yilda Surxondaryo viloyati oʻlkashunoslik muzeyi (rahbari G.V.Parfenov) tomonidan tekshirilgan. Tekshirishlar natijasida bu yerda budda monastiri boʻlgani, u Eski Termizdagi Qoratepaga oʻxshash ekanligi aniqlangan. 1987—88 yillarda Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi va Surxondaryo viloyati oʻlkashunoslik muzeyi tomonidan mukammal tekshirilgan. Q. gʻor majmuasi П shaklidagi may-dondan (55x36) iborat, bir tomoni ochiq, qolgan tomonlari tuproq bilan oʻralgan, unda 2 yarus (qavat)da gʻorlar joylashgan. Pastki qavatda 3 ta gʻor (uz. 10–12 m, kengligi 4–6 m, balandligi 4 m yaqin). 2-qavatda uncha katta boʻlmagan sunʼiy gʻorlar joylashgan. Unda hayvonlar, yaʼni 2 oʻrkachli tuyalar, qush, inson kafti, qilichlar, maxsus belgi — tamgʻa, devorga yozilgan 12, 15, 16-asrlarga oid arab yozuvlari bor. Q.da baqtriy, yunon va rim yozuvlari ham topilgan.