Nikolay Mayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mayev Nikolay Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)

Nikolay Aleksandrovich Mayev (1835.21.2, Peterburg - 1896.2.1) - etnograf, geograf. Oʻzbekistonda ilmiy oʻlkashunoslik ishlarining tashkilotchisi. 1870—92 yillarda "Turkestanskiye vedomosti" gaz.siga muharrirlik qilgan. 1870-yildan Turkiston statistika komitetining kotibi. Oʻrta Osiyo ilmiy jamiyati tashkil etilgan (1871-yil 28-yanvar)dan boshlab uning faol ishtirokchisi va "Turkiston oʻlkasining statistikasi uchun materiallar" toʻplamining (1—5) muharriri. Turli koʻrgazmalar tashkilotchisi. Oʻlkashunoslik muzeyi (1876) tashkilotchilaridan. M. tarix, arxeologiya, etn., numizmatika sohasida koʻp tadqiqotlar olib borgan, ekspeditsiyalar (Shahrisabz 1874; Hisor 1875, 1878)ga boshchilik qilgan. Asarlarida Toshkentning eski shahar qismi tarixi, etn.si, aholisi va uning mashgʻulotlari, Buxoro xonligi shahar va qishloqlari, karvon yoʻllari, moddiy madaniyat yodgorliklari, aholining turmushi, urf-odatlari va anʼanalari, mahalliy boshqaruv tizimi, hunarmandlik, savdo, geografik, tabiiytarixiy, arxeologiya va etn.ga oid maʼlumotlar keltiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Mayev Nikolay Aleksandrovich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

As.: Ocherki Buharskogo xanstva, T., 1875; Aziatskiy Tashkent [Materiali dlya statistiki Turkestanskogo kraya], SPb., 1876.