Kontent qismiga oʻtish

Kaft

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaft — qoʻl panjasining ichki va oyoq panjasining pastki (ostki) tomoni; qoʻl K.i yuqoridan bilakning uncha chuqur boʻlmagan koʻndalang egatchasi, pastdan barmoqlar asosi bilan chegaralanib turadi. K. kaft suyaklari, ularni birlashtirgan boylamlardan iborat boʻlib, turli muskullar qoplab olgan. Qon tomir va nervlar bilan taʼminlangan. K. terisida ter bezlari koʻp, lekin yogʻ bezlari yoʻq. Qoʻl kafti mehnat qilishda, oyoqniki esa tik turish va yurishda muhim ahamiyatga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil