Tosh davri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qad. davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurolyarogʻlar, asosan, tosh, yogʻoch va suyakdan yasalgan. T.d. qad. {paleolit), oʻrta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga boʻlinadi. T. d. bundan taxm. 2 mln. yil oddinroq boshlanib, Oʻzbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). T.d. odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan; neolit davrida motiga bilan dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo boʻlgan. Ijtimoiy munosabatlar "ibtidoiy odamlar toʻdasi"ga, soʻngra ibtidoiy urugdoshlik tuzumiga xos boʻlgan. T.d.ning qad. davri — paleolit 3 davrga boʻlinib oʻrganiladi: quyi paleolit, oʻrta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri ilmiy xulosalarga koʻra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan boshlangan. Bu jarayon yer sharining turli joylarida turli vaqtlarda sodir boʻlgan (mas., Afrikada bu jarayon 3 mln. yil avval boshlangan, Yevropaning jan. va Osiyoda taxm. 2 mln. yil avval). Ammo qayerda va qachon boshlanganidan qatʼi nazar, kuyi paleolit insoniyatning eng uzok, davom etgan tarixini aks ettirgan. Tosh asri texnikasining takomillashuvi natijasida disk shaklidagi (rapidasimon) nukleuslarnya vujudga kelishi va ulardan oʻtkir uchli uchburchaksimon uchirindilarni yuzaga kelishi bilan kuyi paleolit oʻrnini oʻrta tosh davri, yaʼni mustye davri (q. Mustye madaniyati) oladi. Mustyedan soʻng yuqori paleolit davri boshlanadi. Yevropaning jan.da, Osiyoda, jumladan, bizning Oʻrta Osiyoda oʻrta paleolit hozirgi kunimizdan 200 ming yil avval boshlanib, oʻrta hisobda 160 ming yil davom etadi va oʻrnini 50 ming yil avval progressivroq boʻlgan yuqori paleolit davriga boʻshatib beradi. Yuqori paleolit davrida, asosan, realistik sanʼat rivojlanadi. Oʻsha davr odamlari hayvonlarni ovlash jarayonini qanday koʻrgan boʻlsalar, shunday ravishda gʻor devorlariga rasmlar chizganlar. Chizganda ham kizil va kora tabiiy ranglarda chizganlar. Bu narsa odamlarning ongini rivojlanganligini koʻrsatadi. Mexnat kurollarini yasash texnikasi boʻyicha quyi va oʻrta paleolitta nisbatan juda yuksak koʻtarilgan yuqori paleolit davri, oʻz navbatida, bundan 12—10 ming yil avval progressivroq boʻlgan mezolit davri bilan almashdi. T.D.ning soʻnggi bosqichi boʻlgan neolit bundan 5—4 ming yil avval jez davri bilan almahdi.

Oʻtkir Islamov.