Tamgʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tamgʻa — 1) turkmoʻgʻul chorvador qavmlarda xususiy mulkning keng tarqalgan belgisi. Daraxtlarga, qurolyarogʻlarga, teri (hayvon terisi) va boshqalarga qoʻyilgan. Mac, chorvachilikda koramol, otlarga va parrandalarga bosiladigan maxsus belgi(nishon). Xoʻjaliklarda naslchilik ishlarida, jonli mulk tariqasida hisobga olishda T. qoʻyiladi. Uning bir necha usullari mavjud: molning qulogʻiga en solish, qirqish, quymichiga belgini kizdirib bosish, qulogʻiga seriyali raqamlar bitilgan sirgʻa taqish; parrandalar oyogʻiga halqa taqish va boshqa 2) Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Yaqin va Oʻrta Sharqning ayrim mamlakatlarida va 13-asrdagi moʻgʻullar istilosidan soʻng Rossiyada savdo, hunarmandchilik, turli kasbhunarlardan pul bilan olinadigan soliq. 16-asrning 70y.larigacha mavjud boʻlgan. Eronda shoq Taxmasp 1 tomonidan bekor qilingan.