Kontent qismiga oʻtish

Qobuljon Ahmedov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qobuljon Axmedov
Tavalludi
Axmedov Qobuljon Xoliqovich

13-may 1984-yil (1984-05-13) (41 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Shahnoza Ahmedova[1]
Bolalari 4
Mukofotlari Oltin qalam XIX Milliy mukofoti televideniye yo'nalishi 1-o'rin sohibi[2], "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sohibi[3]
Veb-sayti https://akhmedovs.uz/uz

Qobuljon Axmedov — oʻzbek mediamenedjeri. Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan (2020—2021)[4]. MY5 (20182020) va Yoshlar (2019—2020) telekanallari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar media markazining sobiq direktori. 2022-yildan buyon yana MY5 telekanalini bosh direktor sifatida boshqarib kelmoqda va 2025-yilda MTRKning Yoshlar ijodiy birlashmasida direktor sifatida ham faoliyat yuritdi[5]. 2025-yildan O'zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi (PA matbuot xizmatining sobiq media markazi) direktori [6][7][8][9][10][11][12][13][14][15] Shuningdek, “Oʻzbekistonlik” filmining 1- va 2-epizodi prodyuseri.

  • 13-may 1984-yilda Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumanida tavallud topgan[16].
  • 2004-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining bakalavrini bitirgan. Universitetning jurnalistika fakultetini tamomlaganidan soʻng avvaldan amaliyot oʻtagan Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida faoliyatini boshlagan. „OʻzEOAVMA Axborotnomasi“ jurnali bosh muharrir sifatida Oʻzbekistondagi nodavlat teleradiokanallar, ularning faoliyati, xodimlari, texnik va ijodiy imkoniyatlari haqida maʼlumotlar bazasini yaratib, har chorak, yarim yillik va yil sarhisobiga bagʻishlangan jurnal sonlarini chop etishda munosib hissasini qoʻshgan. Shu orqali hududiy telestansiyalar, FM chastotali radiostansiyalar va kabel studiyalari faoliyati haqida davlat, jamoat hamda xalqaro tashkilotlarning xabardorligi taʼminlandi[17].
  • 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston nodavlat telekompaniyalar teletarmogʻi (OʻzNTT) muharriri sifatida respublikada birinchi marta tashkil etilgan teletarmoqning ijodiy konsepsiyasini tuzish, dasturlar jadvalidan oʻrin oladigan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi meʼyorlari talabiga hamda oʻzbek xalqining azaliy qadriyatlari, urf-odatlari, milliy mentalitetiga mos ekanligini taʼminlashga erishgan.
  • 2006—2008-yillarda Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktor oʻrinbosari, keyinchalik direktor vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan.
  • 2008-yilda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining ijrochi direktori etib saylandi.
  • 2010-yilda Oʻzbekiston nodavlat telekompaniyalari teletarmogʻi (OʻzNTT) bosh muharriri sifatida nodavlat teleradiouzatuvchilar sohasida amalga oshirilgan loyihalar, grant tanlovlari, seminar-treninglar natijasini efirda yoritib, u orqali barcha hududiy telestansiyalar efiri sifatli kontent bilan taʼminladi.
  • 2010—2014-yillarda bosma OAV sohasida yaʼni „Darakchi“ gazetasida masʼul kotib, keyinchalik direktor lavozimlarida faoliyat yuritdi.
  • 2014—2016-yillarda „Dono nashriyoti“dagi faoliyatida bolalar uchun moʻljallangan „Dono Word“, „Bilimdon“, „Znayka“, „Excellent“ jurnallarini tayyorlash va chop etish bilan shugʻullandi.
  • 2016—2017-yillarda „Dono Productions“ MChJga rahbarligida afsonaviy oʻzbek rejissori, Oʻzbekiston xalq artisti Shuhrat Abbosovning „Mahallada duv-duv gap“ filmining zamonaviy talqinini suratga oldi. Uning tashabbusi bilan Oʻzbekistonning turizm salohiyatini koʻrsatish, milliy urf-odat, qadriyatlar, milliy taomlarimizni oʻzida aks ettirgan „Maftun boʻldim“ (Maftun boʻldim senga, Oʻzbekiston!) badiiy filmi suratga olindi.
  • 2017-yilda Xabar.uz axborot-tahliliy portali loyihasiga rahbarligi davrida Xabar.uz „TOP-10 saytlar“ qatoriga kirdi. U xorijda koʻplab yutuqqa erishgan oʻzbeklar, xususan Amerikada biznes faoliyatini yoʻlga qoʻygan taniqli yurtdoshlarimiz bilan uyushtirilgan suhbatlar oʻquvchilar tomonidan yuqori eʼtirof etildi, oʻzbek yoshlari uchun motivatsiya boʻldi.
  • 2018-yil 9-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlari hisoboti yuzasidan oʻtkazilgan majlisda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini oshirish va targʻib qilish, milliy Internet segmentini xolis va ishonchli axborotlar bilan taʼminlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, axborot xurujlariga qarshi „Jaholatga qarshi maʼrifat“ tamoyili asosida yagona tizimni yaratish maqsadida onlayn internet telekanalini tashkil etish boʻyicha topshirigʻi yuzasidan „Xabar gazetasi tahririyati“ DUK qoshida Qobuljon Axmedov rahbarligida onlayn internet telekanal tashkil etildi va 2018-yil mart oyida texnik sinov efiri boshlandi hamda „IT LIFE“ nomi bilan www.itlife.uz domenida faoliyat yuritayotgan kanalda ishlash uchun tajribali mutaxassislar jalb qilindi.
  • 2018-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi „Yoshlar media markazi“ NNT boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangandan buyon qisqa muddatda yangi mexanizmni yaratdi. Ushbu mexanizm orqali Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatinini keng targʻib qilish, Ittifoq faoliyatini yoritish boʻyicha bir oyda 100 dan ortiq videomaterial, 500 dan ortiq material (xabar, maqola) tayyorlab namoyish etildi. Uning rahbarligida „Yulduzcha“ va „Men yulduzman“ musiqiy televizion tanlovlari, „Majnuntol“ mualliflik qoʻshiqlari va gitara festivali, „Yosh jurnalistlar maktabi“, Yoshlarga oid davlat siyosatini targʻib qiluvchi Ijtimoiy roliklar tanlovi, Mini grantlar tanlovini muntazam oʻtkazilib kelinmoqda.
  • 2018-yil 25-iyundan 2020-yilgacha[18] „Mening yurtim“ — MY5 telekanali („Ozod yurt toʻlqinlari“ MChJ) bosh direktori sifatida ishlagan.[19][20] 2019-yil kanalning „Markaziy studiya“ dasturi „Oltin qalam“ xalqaro tanlovining televidenie yoʻnalishida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
  • 2018-yil 20-sentabrdan Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisining oʻrinbosari — Bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ham ishlagan.
  • 2019—2020-yillarda — OʻzMTRK „„Yoshlar“ teleradiokanali“ AJ ijrochi direktori sifatida ishlagan.[21][22][23][24][25]
  • 2020—2021-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida ishlagan.[26]
  • 2022-yildan hozirgi kunga qadar — „Mening yurtim“ — MY5 telekanali („Ozod yurt toʻlqinlari“ MChJ) bosh direktori boʻlish faoliyat yuritmoqda.[27]
  • 2025-yilning 12-mayida OʻzMTRK “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi.[5]
  • 2025-yilning 27-iyunida MY5 telekenali bilan Oltin qalam XIX Milliy mukofoti televideniye yo'nalishi 1-o'rin sohibi bo'ldi.[2]
  • 2025-yilning 2-sentyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi (PA matbuot xizmatining sobiq media markazi) direktori bo‘ldi.[6][7][8][9][10][11][12][13][14][15]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda oilali, toʻrt nafar farzandning otasi; ikki qiz, ikki oʻgʻil[1].

"Chimildiq" superkomediyasi premyerasida

Badiiy rahbarlik va produserlik ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Yana mahallada duv-duv gap“ badiiy filmi[28]
  • „Maftun boʻldim senga, Oʻzbekiston!“ badiiy filmi[29]
  • „Chimildiq“ superkomediyasi[30]
  • „Qadar“ badiiy filmi[31]
  • „Arava“ badiiy filmi[32]
  • „Garov“ badiiy filmi[33]
  • „Online sevgi“ badiiy filmi[34]
  • „Dejavu“ badiiy filmi[35]
MY5 telekanalining 10 yillik yubileyida

Televizion loyihalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Yulduzcha“ bolalar musiqiy televizion tanlovi[36]
  • „Men yulduzman“ musiqiy televizion tanlovi
  • „Majnuntol“ mualliflik qoʻshiqlari va gitara festivali
  • „Ibrat“[37]
  • „Toʻrt devor orasidagi sir“[38]
  • „Yoshlar ovozi“ respublika festivali[39]
  • „Yosh kitobxon oila“ respublika tanlovi[40]

Hujjatli filmlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Zulmat ortidagi nur“[41]

Teleseriallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Soya“[42]
  • „Koshmar na otlichno“[43]
  • „Osiyo“[44]
  • „Ali va Aliya“[45]
  1. 1,0 1,1 https://www.facebook.com/qobuljon.ahmedov/about_family_and_relationships Қобулжон Аҳмедов - Семейное положение
  2. 2,0 2,1 https://rost24.uz/oz/news/2254 "Oltin qalam" mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi
  3. https://www.facebook.com/my5tv/posts/-mening-yurtim-telekanali-va-yoshlar-teleradiokanali-direktori-qobuljon-axmedov-/3120948671330064/ Qobuljon Axmedov "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
  4. https://yoshlar.gov.uz/uz/about-leaders/axmedov-qobuljon-xoliqovich (Wayback Machine saytida 17-noyabr 2021-yil sanasida arxivlangan) Axmedov Qobuljon Xoliqovich — yoshlar.gov.uz
  5. 5,0 5,1 „Qobuljon Ahmedov “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi“.
  6. 6,0 6,1 „Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг фармойиши“.
  7. 7,0 7,1 „Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga rahbar bo‘ldi“.
  8. 8,0 8,1 „Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori etib tayinlandi“.
  9. 9,0 9,1 „Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga direktor bo‘ldi“.
  10. 10,0 10,1 „O‘zbekistonda OAV uchun kontent tayyorlash markazi rahbarlari tayinlandi“.
  11. 11,0 11,1 „O‘zbekistonda OAV uchun kontent tayyorlash markazi rahbarlari tayinlandi“.
  12. 12,0 12,1 „Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga direktor bo‘ldi“.
  13. 13,0 13,1 „Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga rahbar tayinlandi“.
  14. 14,0 14,1 „OAV uchun kontent tayyorlash markaziga tayinlovlar amalga oshirildi“.
  15. 15,0 15,1 „Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga rahbar bo‘ldi“.
  16. https://www.facebook.com/qobuljon.ahmedov/about_contact_and_basic_info Қобулжон Аҳмедов - Facebook
  17. https://www.facebook.com/qobuljon.ahmedov/about_work_and_education Қобулжон Аҳмедов - Работа
  18. https://www.youtube.com/watch?v=Fi_hKRysxsM Dilshod Saidjonov. MY5. Qobuljon Ahmedov. „Ochiqchasiga gaplashamiz“ yopiqchasiga uzib qoʻyildi.
  19. „MY5“ TELEKANALI RAHBARI QOBULJON AHMEDOV „YOSHLAR“ TELEKANALI DIREKTORI BOʻLDI[sayt ishlamaydi]
  20. https://uzreport.news/society/uzbek-telekanallari-yangi-birgakurashamiz-chellenjini-ishga-tushirdi (Wayback Machine saytida 2021-11-17 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston nodavlat telekanallari yangi #birgakurashamiz chellenjini ishga tushirdi
  21. https://daryo.uz/2019/07/01/qobuljon-ahmedov-yoshlar-telekanali-direktori-etib-tayinlandi (Wayback Machine saytida 17-noyabr 2021-yil sanasida arxivlangan) Qobuljon Ahmedov „Yoshlar“ telekanali direktori etib tayinlandi
  22. https://kun.uz/ru/news/2019/07/02/naznachen-novyy-direktor-telekanala-yoshlar Naznachen noviy direktor telekanala „Yoshlar“
  23. http://darakchi.uz/ru/72440 (Wayback Machine saytida 17-noyabr 2021-yil sanasida arxivlangan) Direktorom kanala „Yoshlar“ stal Kobuljon Axmedov
  24. https://www.xabar.uz/ru/jamiyat/yoshlar-telekanaliga-yangi Naznachen noviy direktor telekanala „Yoshlar“
  25. https://kun.uz/news/2019/07/01/yoshlar-telekanaliga-direktor-tayinlandi?q=%2Fnews%2F2019%2F07%2F01%2Fyoshlar-telekanaliga-direktor-tayinlandi „Yoshlar“ telekanaliga direktor tayinlandi
  26. https://yoshlar.gov.uz/uz/about-leaders/ (Wayback Machine saytida 2021-11-17 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati
  27. MY5'da nima gaplar? Telekanal qayta jonlanadimi?
  28. https://biz-media.org/premieres/1 Chimildiq
  29. https://www.youtube.com/watch?v=tNl60_wX6b4 Maftun boʻldim | Oʻzbek kino | Dono production
  30. [„Chimildiq“ superkomediyasi „Chimildiq“].
  31. „„Qadar“ badiiy filmi“.
  32. „„Arava“ badiiy filmi“.
  33. „„Garov“ badiiy filmi“.
  34. „„Online sevgi“ badiiy filmi“.
  35. „„Dejavu“ badiiy filmi“.
  36. https://www.youtube.com/channel/UCyjcRxevTJHT2s4_24HquUA/videos „Yulduzcha“ bolalar musiqiy televizion tanlovi
  37. https://www.youtube.com/watch?v=l4KKjQu4GDU Shukronalik haqida (Ibrat koʻrsatuvi)
  38. https://www.youtube.com/watch?v=Mvh5SS_4DbM Otalar soʻzi — Telegram
  39. https://www.youtube.com/channel/UCZj7PzVPtDP__flS3D9j4KQ Respublika Yoshlar Ovozi
  40. https://www.youtube.com/watch?v=Gxxn8qYBoA4 „Yosh kitobxon oila“ tanlovining Toshkent viloyati bosqichi
  41. https://www.youtube.com/watch?v=uIH_OAskQf4 Zulmat ortida | Zulmat ortida (qisqa metrajli film) (S russkimi subtitrami)
  42. https://www.youtube.com/watch?v=5zur9xz2DG8 Soya l Soya (milliy serial 200-qism) 2 fasl
  43. https://www.youtube.com/watch?v=l43EcLlGC6I Koshmar na otlichno — 1 seriya
  44. https://www.youtube.com/watch?v=ALq2tPHq-lE Osiyo (1-fasl tugadi) 60-qism | Osiyo (1-fasl tugadi) 60-qism
  45. https://www.youtube.com/watch?v=Bz0EzhZ9X94&list=PLFiPqlKvvWwFHPvjls9VmZktxgTIpJUuX Ali va Aliya (milliy serial 1-qism)