Behzod Toʻxtamurodov
Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov | |
---|---|
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi | |
Mansab davri 2022-yil 8-maydan — hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Mohistara Muhammadyunusova |
Senat raisi | Tanzila Norboyeva |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-iyul 1996-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() |
Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. 2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining „Mexanika“ fakulteti bakalavr bosqichini, 2020-yilda shu fakultet magistratura bosqichini tamomlagan.
2018-2020-yillarda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining Mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasida faoliyat yuritgan.
2020-yildan hozirgacha O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktorining tijoratlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
2019-yil dekabrda „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi[1].
2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi etib saylangan[2]. 2022-yil 8-mayda Yoshlar parlamenti raisi etib saylandi[3].
Loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilda texnologik sohalarda faoliyat yurituvchi „InnoGroup“ startap loyihasini boshlagan. Jamoa 3D-printerlarni ishlab chiqarish, 3D-laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatish va polimerni eritish usulidan foydalangan holda 3D-printerlar uchun filoment ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 3D modellashtirish, dizayn, marketing, ishlab chiqish va boshqa sohalardagi mutaxassislardan iborat[4].
2018-yilda „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup loyihalarini qo‘llab-quvvatlash Respublika dasturida birinchi, Belarus Respublikasi muhandislik va texnologiya universitetlarining VIII forumida ikkinchi o‘rinni olgan. 2019-yil „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash Respublika dasturida va Belarus Respublikasida boʻlib oʻtgan IX muhandislik va texnologiya universitetlari forumida birinchi oʻrinni olgan[5].
„UzDelta“ 3D-printer loyihasini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan 1 milliard so‘m ajratilgan[6][7].
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yili Shuhrat medali bilan taqdirlangan[8].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Deptatimiz Yoshlar parlamenti raisi boʻldi“. Adolat sotsial-demokratik partiyasi.
- ↑ „Танзила Норбоева мамлакат Ёшлар парламенти билан учрашув ўтказди“. Plov.
- ↑ „Ёшлар парламенти раиси ўзгарди“. Yuz.uz.
- ↑ „3D моделлаштириш, рoбототехника ва нанотехнологиялар — Олмазордаги IT мактабдан репортаж“. Kun.uz.
- ↑ „Ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish bo'yicha direktor o'rinbosari“. Yoshlar innovatsiya markazi.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев талабага лойиҳасини амалга ошириш учун зарур маблағни ажратиш бўйича кўрсатма берди“. Gazeta.uz.
- ↑ „Prezident ToshDTU talabasining loyihasi uchun 1 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi“. Qalampir.uz.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма саккиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият ва санъат соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. Xalq soʻzi.