Yoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoshlar TV
Yoshlar teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti 24 soat
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston va dunyo bo'ylab. UZTV platformasi.
Til(lar)i Oʻzbek tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 69-uy
Mazmuni Yoshlarbop telekanal
Tomoshabinlar 7 yoshdan 70 yoshgacha
Telekanal ovozi Ilhom Abdurahimov
Shiori Qadrdon telekanal!
Sayt @yoshlar_tv

O'zbekisto milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati. 1998-yilning 1-sentyabridan o'z ish faoliyatini boshlagan. 2022-yil 30-iyun kuni telekanal faoliyatida rebrending o'tkazilgan. Rasmiy veb sahifasi: www.yoshlartv.uz

Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martdagi qarori asosida O'zteleradiokompaniya tarkibida "Yoshlar" telekanali tashkil etilgan[1]

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil tele-, radiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-son Farmoniga asosan «Yoshlar» telekanali va «Yoshlar» radiokanali negizida «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi.

2021-yil 18-noyabrdan boshlab, "Yoshlar" telekanali ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo'lgan telekanal sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.[2]

Maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Yoshlar» teleradiokanali faoliyatining asosiy yo`nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat:

- Yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ'ib etish;

- O'zbekiston Respublikasi hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlarni hamda mazkur jarayonda Yoshlarning ishtirokini keng yoritish;

- Yosh avlodni Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Yoshlar» teleradiokanali o`zini o`zini yuz foiz moliyaviy ta’minlashga o`tgan elektron ommaviy axborot vositasi bo`lib, korporativ boshqaruv sohasidagi jahonning eng ilg`or tajribalarini va bozor ko`nikmalarini muvaffaqiyatli va samarali o`zlashtirib kelmoqda. «Yoshlar» teleradiokanalining asosiy – lokomotiv ijodiy tashkiloti bo`lgan «Yoshlar» telekanali O`zbekistondagi eng nufuzli va reytingi baland ommaviy axborot vositalaridan biri sanaladi. «Yoshlar» telekanalining ijodiy stilistikasi, o`ziga xos uslubi va yondoshuvlari O'zbekiston Respublikasidagi boshqa elektron ommaviy axborot vositalari uchun katta maktab va tajriba manbasi bo`lib xizmat qilgan.

"Yoshlar" telekanali boshlovchisi Ilhom Abdurahimov
Yoshlar telekanali boshlovchisi Mohinur Yusupova

«Yoshlar» telekanali jamoasi erishayotgan yutuqlar munosib e’tiroflar va yuksak mukofotlarga sazovor bo`lmoqda. Uning xodimlari orasida O`zbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, O`zbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvonlari, «Do`stlik» ordeni, "Jasorat medali" va „Shuhrat“ medaliMard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari bor. «Yoshlar» telekanalining o`nlab ijodkorlari «Oltin qalam»[3], «Yilning eng yaxshi jurnalisti», «MTRK sovrini» kabi nufuzli mukofotlarga sazovor bo`lganlar.

"Yoshlar" telekanalida ijodiy jarayon
"Yoshlar" telekanali boshlovchisi Nozina Isoqova

Tarkibidagi muharririyatlar va ularning vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Yoshlar» telekanali tarkibida uchta bosh muharririyat, ikkita studiya, bosh rejissor xizmati, bosh efirga uzatuvchi rejissor xizmati va muxbirlar punktlari tarmog`i faoliyat ko`rsatadi.

Qiziqarli statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilarning asosiy yosh toifasi: 18-35 yoshni tashkil etadi.

Teleradiokanal boshlovchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abror Ma'rufjonov - "Yoshlar press klubi"
Anvar Salimov - "Yoshlar oqshomi"
Azamat Oxundi - "Yangi Davr"
Aziza Muzaffarova - "Yoshlar food", "Start up club"
Azizaxon Ilyosxonova – "Yangi davr","Yoshlar press klubi"
Bekzod Abrorov - "Avtopatrul"
Bobur Yusupov - "Yaxshi kun"
Elyor Hoshimov - "Yaxshi kun"
Feruza Jumaniyozova - "Bollywood news"
Feruza Umrzoqova - "Deputatning bir kuni" "Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar", "Yetakchining bir kuni"
Gulhida Jo'rayeva - "Osh bo'lsin"
Hamza Jumayev - "Yosh kitobxon", "7-qadam"
Hayot Choriyev - "Yaxshi kun"
Hurriyat Ozodova - "Mening dadam zo'r"
Husniddin Ergashev - "Ikki yo'l"
Ilhom Abdurahimov - "Yangi Davr"
Jahongir Murtazoyev - "Yangi Davr"
Lobar Rahmonova - "Yaxshi kun"
Mavluda Toshpo'latova - "Sayohatlar shamoli"
Miraziz Mirzaahmedov - "Yangi Davr", "Yangi kun", "Bugun va erta", "Index", "Yosh ulfatlar"
Mirvohid Zoitov - "Jonli maydon"
Mohinur Yusupova - "Yaxshi kun", "Kameradar"
Muhammadjon Bobojonov - "Jonli maydon"
Nafisa Mavlonova - "Yangi Davr"
Nargiza Mamasoliyeva – “Yangi Davr”, "Davr news"
Nizomiddin Nasimov - "Yangi Davr"
Nilufar Xudoyberdiyeva – “Kino sirlari”
Nodira Boynazarova - "Yangi Davr"
Nozima Mahmudova - "Yangi Davr", "Davr news"
Nozina Isoqova - "Yangi Davr"
Ramazon Najmiddinov - "Yaxshi kun"
Sabrina Namozova - "IIV xabarlari"
Sevara Nabiyeva - "Yangi Davr"
Sevdo Niyozova - "Yulduzlar yurgan yo'l"
Shahlo Tursunova - "Yaxshi kun"
Shahnoza Usmonova - "Yangi Davr"
Shohsanam Karimbekova - "Doiradan tashqarida"
Suhrob Xayriyev - "Yaxshi kun", "So'nggi rekordlar"
Rayim Usmonova - "Jonli maydon"
Xayrulla Bekmatov - "Yoshlar oqshomi"
Xushnoza Mahmudova - "Yangi Davr"
Zuhriddin To'raxo'jayev - "Nima uchun?"

Manbaalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://mtrk.uz/uz/tv/yoshlar/about/
  2. „Тошкент вилояти телерадиоканалини ташкил этиш тўғрисида“. https://uza.uz/. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  3. „Oltin qalam» mukofoti kimlarga nasib etdi?“. https://www.xabaruz.com. Qaraldi: 28-may 2022-yil.