Dilnozaxon Kattaxonova
| Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizi | |
|---|---|
|
| |
| O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi | |
|
Mansab davri 2026-yil 10-iyuldan – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Zulayho Mahkamova |
| Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari | |
|
Mansab davri 2023-yil 20-dekabrdan 2026-yil 10-iyulgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1991-yil 2-iyul Toshkent |
| Fuqaroligi |
|
| Mukofotlari |
|
Dilnozaxon Kattaxonova — oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi[1]. Siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD). „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishoni va „Doʻstlik“ ordeni sohibasi. Garvard universitetining Jon Kennedi maktabi magistratura dasturi tinglovchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 2-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan.
2014-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining bakalavriatini bitirgan.
2016-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining magistraturasini tamomlagan.
2014—2016-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining Ijtimoiy-huquqiy loyihalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.
2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va nodavlat-notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.
2017-yil 5-iyulda Yoshlar masalalari boʻyicha Respublika kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan.
2018—2020-yillari „Kamalak“ bolalar tashkiloti raisi lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.
2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi. 2022-yil mart oyida ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomi olgan.
2020-yil 10-iyul kuni yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi[2].
2023-yil boshidan boshlab yana mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilingan.
2023-yil 20-dekabrdan 2026-yil 10-iyulga qadar Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari[3].
2026-yil 10-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan birinchilardan boʻlib taqdirlangan.
- 2020-yilda Davlat idoralaridagi Top-40 istiqbolli rahbarlar roʻyxati shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar Top-35 taligidan, 2021-yilda esa Top-40 davlat tuzilmalari, muassasalari, yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollar roʻyxatidan oʻrin olgan[5].
- 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining „Maʼnaviyat aʼlochisi“ hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[6].
- 2021-yil 30-iyun „Yoshlar kuni“da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[7].
- Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi ko‘krak nishoni (2026-yil 21-fevral)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi“. www.zamon.uz. Qaraldi: 2026-yil 10-iyul.
- ↑ „Yoshlar ishlari agentligining rasmiy sayti“. 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
- ↑ „Dilnozaxon Kattaxonova Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi“.
- ↑ „Dilnoza Kattaxonova bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 2026-yil 10-iyul.
- ↑ „TOP – 40 – Oʻzbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar roʻyxati yangilandi“. 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi rasmiy sayti
- ↑ Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dilnozaxon Kattaxonova Telegram sahifasi
- Dilnozaxon Kattaxonova Instagram sahifasi
- Dilnozaxon Kattaxonova Facebook sahifasi