Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Turi huquqiy
Maqomi vazirlik
Ishga tushgan sanasi 1991
Joylashuvi Toshkent, Islom Karimov koʻchasi, 45a
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vazir Jamshid Qoʻchqorov
Bosh mahkamasi Vazirlik
Vebsayti mineconomy.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — Oʻzbekistonda iqtisodiyot sohasida boshqaruv organidir[1].

Tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisidiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-yanvardagi 37-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tarkibiy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2385-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan 2018-yilda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida“gi Qarori bilan tashkil etildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid prognozlarni hamda dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiradi.

  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.