Kontent qismiga oʻtish

Botir Xoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Xoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Botir Asadillayevich Xoʻjayev
Ботир Асадиллаевич Хўжаев
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
28-noyabr 2017-yildan – 23-fevral 2020-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Galina Saidova
Vorisi Jamshid Qoʻchqorov
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
Mansab davri
15-dekabr 2016-yildan – 28-noyabr 2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Azimov
Vorisi Jamshid Qoʻchqorov
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2009-yildan – 2011-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Azamat Toʻxtayev
Vorisi Botir Zokirov (siyosatchi)
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
11-aprel 2006-yildan – 9-iyul 2009-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Vyacheslav Golishev
Vorisi Sunnatilla Bеkеnov
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi
Mansab davri
2005-yildan – 2006-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Aziz Vorisov
Vorisi Vyacheslav Golishev
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2000-yildan – 2002-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Oʻtkir Komilov
Vorisi Dilshod Sayfiddinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-iyul 1956-yil (1956-07-11) (69 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSRI
Mukofotlari

Botir Asadillayevich Xoʻjayev (oʻzbekcha: Ботир Асадуллаевич Хўжаев, ruscha: Батир Асадиллаевич Ходжаев; 1956-yil 11-iyulda Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2006—2009 va 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi, 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1979-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan[1][2][3].

1979—1979 – „Glavtashkentstroy“ 11-trestining 75-qurilish boshqarmasi masteri;

1979—1981 – Harbiy xizmat;

1981—1992 – „Glavtashkentstroy“ 1-trestining 17-qurilish boshqarmasi masteri, muhandisi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi;

1992—1994 – Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari;

1994—1996 – Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari;

1996—1997 – Oʻzbekiston Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;

1997—1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti boʻlim mudiri;

1998—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;

2000—2002 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi;

2002—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti mudiri;

2004—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar departamenti mudiri;

2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi;

2006—2009 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;

2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi;

2011—2016 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari;

2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri.

2017—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri[4].

2020—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi[5]. 6-aprelda nafaqaga ketgan[6].

2020-yildan – „RosGeo“ qoʻshma korxonasi direktori.

Otasi – Asadilla Xoʻjayev, OʻzSSR davlat arbobi. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

Akasi – Xoʻjayev Bahodir Asadillayevich, 1992-yildan 2015-yilgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining prorektori boʻlgan.

Onasi – Xoʻjayeva Kimyoxon Azizxonovna, uy bekasi. 2004-yilda vafot etdi.

Opasi – Xoʻjayeva Qunduz Asadullayevna, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan, Toshkent tibbiyot institutida LOR kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor lavozimida ishlagan. 2010-yilda vafot etgan.

Opasi – Xoʻjayeva Dilbar Asadullayevna, 1949-yil Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan, „Sanoat iqtisodiyoti“ kafedrasida ishlagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 2013-yilda vafot etgan.

Opasi – Xoʻjaeva Mapirat Asadillayevna, 1951-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent lavozimida ishlagan. 2016-yilda vafot etgan.

2016-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[7].