Rustam Azimov
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Rustam Sodiqovich Azimov (oʻzbekcha: Рустам Содиқович Азимов; 20-sentabr 1958-yil, Toshkent) — "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.[1] Uning otasi — Azimov Sodiq Azimovich — taniqli oʻzbek olimi, akademik.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek[2].
- Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat universitetini va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
- 1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
- 1990-1991 — Oʻzbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi.
- 1991-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi.
- 1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
- 2000-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri.
- 2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri.
- 2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.
- 2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
- 2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.
- 2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari[3].
- Hozirda "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
![]() ![]() |
Turkum:
- 20-sentabrda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Moliya vazirlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Yashayotgan insonlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston kishilari