Sunnatilla Bekenov
Sunatillo Bekenov | |
---|---|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori | |
Mansab davri 2019-yil 13-sentyabr | |
Oʻtmishdoshi | Ahadbek Haydarov[1] |
Vorisi | Akmalxon Ortiqov[2] |
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari yordamchisi | |
Mansab davri 23-iyul, 2022 | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1971-yil Chimkent, Qozogʻiston |
Maʼlumoti | Oʻzbekiston milliy universiteti |
Sunatulla Xusanovich Bekenov —- 1971-yil Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari yordamchisi[3]. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning matematika fakultetini tamomlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993−1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi matematika Ilmiy-tadqiqot institutida ish oʻrganuvchi-tadqiqotchisi;
1994−1994-yillarda O‘zbekiston Xalq bankining Toshkent viloyati Boshqarmasi moliya bo‘limi iqtisodchisi;
1994−2000-yillarda Xalq bankida turli lavozimlarda;
2000−2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligida qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori Boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;
2004−2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha Davlat qoʻmitasi qoshidagi korporativ qimmatli qog‘ozlar Davlat Markaziy depozitariyasi direktori;
2006−2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari;
2007−2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot hamda tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Yig‘ma axborot-tahlillar departamenti rahbari;
2008−2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi[4];
2009-yilning iyulidan 2010-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri[5];
2010−2011-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoniga muvofiq O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari[5];
2011−2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi;
2016−2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirning birinchi o‘rinbosari;
2015−2016-yillarda Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari;
2018-yil 19-fevraldan 2019-yilning 28-yanvariga qadar Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi Raisining Birinchi o‘rinbosari[4][6];
2019-yil 28-yanvardan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari[7];
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-sentyabrda imzolagan qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimlarida ishladi[4][8];
2022-yil Prezident Administratsiyasi rahbari yordamchisi etib tayinlandi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sunatulla Bekenov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari etib tayinlandi“ (2019-yil 13-sentyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Rahbariyat“. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Сунатулла Бекенов назначен помощником руководителя Администрации президента“ (Ruscha) (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yangi rahbar tayinlandi“ (2019-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Назначен первый заместитель министра финансов Узбекистана“ (2010-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Инвестициялар бўйича давлат қўмитасида йирик ўзгаришлар, раиснинг биринчи ўринбосари ва ўринбосарлари ўзгарди“ (2018-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Инвестициялар ва ташқи савдо вазири ўринбосарлари тайинланди“ (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Sunatulla Bekenov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbarlik qilgan“ (2019-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.