Ravshan Gʻulomov
| Ravshan Ayupovich Gʻulomov | |
|---|---|
ruscha: Равшан Аюпович Гулямов | |
|
| |
|
Mansab davri 2019-yil 4-iyuldan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Vyacheslav Golishev |
|
Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | Najmiddinxo‘ja Sharipov |
|
Mansab davri 2011-yildan – 2012-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Galina Saidova |
| Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
|
Mansab davri 2010-yildan – 2011-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Sunnatilla Bekenov |
| Vorisi | Galina Saidova |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
5-iyun 1968-yil Toshkent |
| Mukofotlari |
|
Gulyamov Ravshan Ayupovich – 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.
Maʼlumoti – oliy, 1992-yilda Toshkent davlat universiteti, 1998-yilda Avstraliya milliy universitetini tamomlagan.
1985—1992 – Toshkent davlat universiteti talabasi.
1986—1988 – harbiy xizmat.
1992—1992 – Davlat banki davlat byudjeti boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi.
1992—1994 – Markaziy bank valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi 2-toifali iqtisodchisi, bosh eksperti, sektor mudiri, bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari.
1994—1998 – Markaziy bank valyuta nazorati va tashqi aloqalar departamenti direktori oʻrinbosari.
1998—2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti.
2001—2004 – Markaziy bank raisining oʻrinbosari.
2004—2006 – Milliy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari.
2006—2007 – „Asaka“ davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.
2007—2009 – Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi ijrochi direktori.
2009—2010 – Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari.
2010—2011 – Iqtisodiyot vaziri.
2011—2012 – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2012—2017 – Taraqqiyot va tiklanish fondi ijrochi direktori.
2017—2018 – Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi.
2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri.
2019—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari[2].
2019—2025 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchisi[3].
2025-yildan O‘zbekiston prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Равшан Гулямов назначен советником президента“.
- ↑ „Tarjimai hol / O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI“. 2023-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
- ↑ „ГУЛЯМОВ Равшан Аюпович“.
- ↑ „Kun.uz“ (2025-yil 30-oktyabr). https://kun.uz/news/2025/10/30/ravshan-gulomov-ishdan-olindida asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
