Kontent qismiga oʻtish

Uygʻur yozuvi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Uygʻur yozuviSharqiy Turkistondagi turkiy tilli xalqlar foydalangan harftovush yozuvi, soʻgʻd yozuvi asosida paydo boʻlgan (soʻgʻd yozuvi, oʻz navbatida, qoz. ilmiy taxminlarga koʻra, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib taqaladi). Ilk yozma yodgorliklari VIII asrga tegishlidir. Uygʻur yozuvida harflar tik (vertikal) chiziq boʻylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan oʻngga tomon joylashtirilgan. Harfning soʻzdagi oʻrniga (boshi, oʻrtasi, oxiriga) qarab tegishli oʻrinlarda uning alohida shakllari qoʻllangan. Diniy asarlar odatda qatʼiy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan.

Uygʻur yozuvi IX—XIII asrlarda budda diniga sigʻinuvchi turkiy qabilalar oʻrtasida keng tarqalgan. Ushbu qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv asta-sekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin Uygʻur yozuvi budda ibodatxonalarida XVIII asrda ham qoʻllangan. XVIII asrda Uygʻur yozuvi moʻgʻullar tomonidan oʻzlashtirilgan va hozir ham mavjud boʻlgan moʻgʻul yozuvi shakllangan. Uygʻur yozuvi asosida Manjurlar manjur yozuvini ha m yaratishgan.