Sin (sulola)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sin (aynan — toza) — Xitoyda hukmronlik kilgan manjur imperatorlari sulolasi (1644— 1912). S. sulolasi hukmronligini 4 ta yirik davrga boʻlish mumkin: 1) manjurlarning Xitoyga bostirib kirganidan Min davlati chegaralarida S. tuzumini oʻrnatilishigacha (1644—83; Shunchji va Kansi hukmronligi); 2) 17-a.ning 80-y.

laridan 18-a.ning 70-y.larigacha — Xitoyda S. tuzumining nisbatan turgʻun ichki siyosati va Xalxadagi moʻgʻul knyazliklari, Amurdagi rus qishloqlari, Jungʻor xonligi, Tibet, Sharqiy Turkiston, Vyetnam, Birma, Nepal va b.ga nisbatan bosqinchilik yurishlari (Kansi, Yunchjen va Syanlun hukmronliklari) davri; 3) 18-a.ning 70-y.laridan 19-a.

ning oxirigacha, yaʼni S. monarxiyasi 19-a. oʻrtalarida kapitalistik davlatlar agressiyasi natijasida ichki nizolarning kuchayishi (Syanlun, Szyatsin, Daoguan, Syanfin, Tunchji, Guansyuy hukmronliklari) dav-ri; 4) 1894—95 y.lardagi Yaponiya— Xitoy urushidan Sinlarning taxtdan voz kechgunlarigacha boʻlgan davr. S. im-periyasi imperialistik davlatlarning yarim mustamlakasiga aylangan. Sinxay inqilobi natijasida S. sulolasi hukmronligi agʻdarib tashlangan (soʻnggi manjur imperatori Pu I 1912 y. 12 fevralda taxtdan rasman voz kechgan).