Oygaying
Oygaying — Toshkent viloyatidagi togʻ daryosi. Talas Olatovi va Piskom tizmasi tutashgan yerdagi (Toʻqmoqsoldi dovonidan shimoli-sharqda) muzliklardan Shovursoy nomi bilan boshlanadi. Uz. 76 km, havzasining maydoni 1102 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrta-cha balandligi 2998 m.
Oygaying chuqur va tor vodiyda oqadi. Qayir va birinchi koʻhna qayir (terrasa) yaxshi rivojlangan. Qadimgi muzliklardan qolgan morenalar koʻp uchraydi. Daryo oʻzani katta-katta harsang toshlar bilan toʻsilganligi sababli,ayrim yerlarda shovvalar hosil boʻlgan. Mavsumiy qor, qorliklar va muzliklardan toʻyinadi. Iyul—sentabrda suvi koʻpayadi (44—46%). Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 27,9 m³/sek., oʻrtacha oqim moduli 27,2 l/sek, km². Umumiy uz. 206 km dan ortik, 100 ta irmogʻi bor. Yiriklari: Tastorsoy, Oqqopchigʻay, Baqiroqsoy, Koʻksuv, Beshtorsoy, Charaolmasoy.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |