Chiralma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chiralma
Tavsif
Daryolar havzasi 103 km
Suv sarfi 2,62 m³/s
Suv oqimi
Quyilishi Piskom
Davlat Oʻzbekiston
Tuman Boʻstonliq tumani

Chiralma, Charalma, Chara-Olma – Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidan oqib oʻtuvchi togʻ daryosi[1]. Oygaying daryosining katta chap irmogʻi. Oygaying va Maydontol bilan birga Piskom daryosining uchinchi suv manbai hisoblanadi[2].

Daryo havzasining maydoni 103 km². Oʻzanidagi oʻrtacha yillik suv sarfi 2,62 m³/s ni tashkil qiladi. Suv havzasining oʻrtacha balandligi 2700 m. Bosh nuqtasi uchun suv oqimining oʻzgaruvchanlik koeffitsienti 0,470 ga teng (1934–1999-yillardagi kuzatishlar davomida)[3]. Suvda muallaq moddalar deyarli yoʻq, uning oʻrtacha yillik loyqaligi 10 g/m³ .

Chiralma Piskom tizmasidan boshlanadi. Daryo togʻ darasidan pastga qarab oqib tushadi.

Karangitugay trakti hududida Chiralma chapdan Oygaying daryosiga taxminan 1480 m balandlikda quyiladi. Baʼzida Chiralma Piskomning uchinchi suv manbai sifatida koʻrsatiladi. Uch daryoning tutashgan joyidagi sohil boʻyida toʻqay oʻsimliklari terak, qayin, olma, shilvi, kamxastak, yashil maysalar, oʻt-oʻlanlar, baʼzi joylarda qamishzorlar va yirik archa daraxtlari oʻsadi.

Chiralma daryosining pastki sohillaridan kembriy trilobitlarining tosh qotgan namunalari topilgan.

Hozirda Chiralma irmogʻida loyqa miqdori 3000 g/kub yetgan.

Quyilish joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydontol, Oygaying va Chiralma daryolarining suvlari oʻzaro qoʻshilib Piskom daryosiga quyiladi. Piskom daryosining asl boshlanish joyi Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidagi Talas Olatov togʻ tizmalaridir. Qor va muzliklar erishidan toʻyinadi. Daryo suvidan Chorboq suv omborida foydalaniladi.

Piskom daryosi suvlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Obyekt - Chiralma“.
  2. Афанасьев А. В., Бажанов В. С., Корелов М. Н., Слудский А. А., Страутман Е. И.. Звери Казахстана. Алма-Ата: Издательство Академии наук Казахской ССР, 1953 — 87 bet. 
  3. Чуб 2007.