Maydontol (qozoqcha: Майдантал/Maydantal) — Qozogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyatidagidaryo. Talas Olatovining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushadi. Maydontol tizmasi bilan Talas Olatovi tutashgan joyda. 350 m balandlikda, uncha katta boʻlmagan 2 ta koʻldan boshlanadi. Uzunligi 50km, havzasi 471km:. Yuqori oqimida, Toroshuvsoy bilan qoʻshilguncha Chingizsoy deb ataladi. Janubiyroqda Oygaying daryosi bilan qoʻshilib, Piskom daryosini hosil qiladi. Umumiy uzunligi 140km boʻlgan 60 dan ortiq irmogi bor (Toroshun, Qurumtor, Ayutor, Otyaylov, Qaynazarsoy va boshqalar). Bosh qismida chuqur va tor yon bagʻirlari tik vodiydan oqadi. Muzlik va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 16,3 m’/ sek. Yozda suvi koʻpayadi. May — sentabrda suv sarfi 25,8 m’/sek. dan 47,4 m’/sek. gacha oʻzgarib turadi. Daryo vodiysidan yozda yaylov sifatida foylalanilali.[1]