Beshtorsoy
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Beshtorsoy | |
|---|---|
Beshtorsoy quyi oqimida | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 21 |
| Suv sarfi | 5 m³/s |
| Davlat | Oʻzbekiston |
| Beshtorsoy | |
Beshtorsoy (yuqori oqimida Joʻyaktorsoy) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosi havzasiga mansub. Oygaingiint eng yirik chap irmogʻi. Piskom tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan 3500 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. 20 ga yaqin irmogʻi bor. B.ning uz. 21 km, havzasining maydoni 172 km². B. havzasida, 3000-4200 m balandliklar oraligʻida umumiy maydoni 6,2 km² boʻlgan 12 ta muzlik bor. Eng yirigi—Qiziltor4 (uz. 2,4 km, maydoni 1,6 km²). B.ning oʻrtacha yillik suv sarfi 5 m³/sek. Yillik oqimning oʻrtacha 15% muzliklar erishi hisobiga, qolgan qismi esa qor, yomgʻir suvlariga toʻgʻri keladi. B. yozda sersuv.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Beshtorsoy Oygayingga quyiladi
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Gidrologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |