Ovminzatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ovminzatov — Markaziy Qizilqumdagi past togʻlardan biri. Navoiy viloyati hududida gʻarbdan sharqqa 30 km choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi 300–500 m, eng baland joyi 694 m (sharqiy qismida). Shimgarbiy qismidan gumbazsimon Shakitov tarmogʻi ajralib chiq-qan. Ovminzatov tektonik jihatdan gorst- anti-klinal boʻlib, Turon plitasi poy-devorining yer yuziga chiqib qolgan qismidir. Uning baland joylari paleozoy davri metamorfik, otqindi va choʻkindi tog jinslari (slanets, kong-lomerat, qumtosh, granit, granodiorit, diorit va boshqalar)dan tashkil topgan. Yon bagʻirlarining quyi qismi va etaklarida boʻr, paleogen.neogen va toʻrtlamchi davrlarga mansub choʻkindi togʻ jinslari (kon-glomerat, qumtosh, gravelit, alevro-lit, gil, mergel, qumlar) tarqalgan. Choʻl iqlimi sharo-itida bular nurash jarayonlar taʼsirida kuchli yemirilgan elyuviy va delyuviy yotqiziqlari hosil qilgan.

Ovminzatov asimmetrik tuzilishga ega. Shimoliy yon bagri tikroq, janubiy yon bagʻri esa qiyaroq, quruq soylar va jarliklar bilan kesilgan. Quruq soylarning quyi qismlarida kichik yoyilma konuslar vu-judga kelgan, ular bir-biri bilan tutashib prolyuvial shleyflarni hosil qilgan. Shleyflar yuzasida har xil shakldagi qum uyumlari tarqalgan.

Ovminzatovning etaklarida qoʻngir-boʻz, qumli choʻl tuproqlar tarqalgan. Ularda shuvoq, boyalich, arpagʻon, saksovul, quruq soylar boʻylarida yulgʻun va boshqa oʻsadi. Hayvonlardan qoʻshoyoq, tulki, boʻri, yumronqoziq, kaltakesak, turli ilonlar va boshqa uchraydi. Togʻ etaklaridagi yerlardan yaylov sifatida foydala-niladi.