Magmatik togʻ jinslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Otqindi togʻ jinslaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Magmatik togʻ jinslari - otqindi togʻ jinslari. Magmannng Yer pusti va yer yuzasida sovushi va kristallanishi natijasida vujudga keladi. Magma chuqurlikda, Yer pustila, shuningdek, oqib chiqqach, yer ustida ham qotishi mumkin. Shunga qarab Magmatik togʻ jinslarij.ni 2 asosiy sinfga: intruziv togʻ jinslari va effuziv togʻ jinslariga boʻladilar. Tarkibidagi kremnezyom miqdoriga qarab Magmatik togʻ jinslarij.ning nordon, oʻrtacha, asosli va oʻta asosli guruhlari farq qilinadi. Magmatik togʻ jinslarij. barcha burmali oblastlar, platformalar zamini, qalqonlar, hozirgi okeanlarda uchraydi. Magmatik togʻ jinslarij. guruhlari bilan muayyan foydali qazilmalar bogʻliq. Mac, nordon Magmatik togʻ jinslarij. bilan qalay, volfram, oltin rudalari, asoslilari bilan titanomagnetit, mis rudalari, oʻta asoslilari bilan xrom, platina, nikel rudalari, ishqoriy-oʻta asoslilari bilan titan, fosfor, kamyob yer elementlari rudalari va h. k. Magmatik togʻ jinslarij.dan qurilish (tuf, labradorit), abraziv, issiklikni oʻtkazmaydigan material sifatida, shuningdek, ayrim metallar (mas, alyuminiy)ni ajratib olishda foydalanish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil