Konglomerat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konglomerat (geologiyada) — dagʻal chaqiq choʻkindi togʻ jinsi, qum, shagʻal va tosh boʻlaqlarining birikib sementlanishidan hosil boʻladi. Temir oksidi, karbonat, gilli materiallar va silikat kislota K.da biriktiruvchi material rolini bajaradi. K.lar bir xil (monomikt) yoki turli togʻ jinslari boʻlaqlaridan (polimikt) tashqil topadi. Dengiz, koʻl, allyuvial, prolyuvial, bazal K. turlari bor. Togʻ va togʻ etaqlarida koʻp uchraydi. K.lar yoʻl qurish, beton plitalar tayyorlash va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish da koʻplab ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil