Prolyuviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Prolyuviy (lot. proluo — yuvaman, oqim bilan chiqaraman) — togʻ jinslarining yogʻingarchilik taʼsirida yuvilishidan hosil boʻlgan gʻovak jinslar. P. togʻ etaklaridagi tekislikka oqim taʼsirida kelib, devorga oʻxshash turli toʻsiqlar holida choʻkib joylashadi. P. turli kattalikdagi chaqiqjins parchalaridan iborat boʻlgan, oralari se-mentlovchi material sifatida qum va loy bilan toʻlgan holda fanglomerat yoki juda kichik zarrachalardan iborat boʻlgan lyoss choʻkindilarini hosil qiladi. "P." terminini A. P. Pavlov (1914 yil) kiritgan. P. Oʻrta Osiyoning togʻ yon bagʻirlarida hamda arid zonalarda, jumladan, mavsumiy suv oqimlari boʻladigan joylarda koʻp uchraydi. P.lar bilan koʻpincha sochma konlarning baʼzi turlari, noruda qurilish mate-riallari konlari bogʻliq boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil