Boyalich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Boyalich
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Boyalich (Salsola arbuscula Pall.) — shoʻradoshlar oilasiga mansub sershox buta. Boʻyi 20—100 sm. Bir yillik, novdalari oqish, yaltiroq, bargi kalami, uz. 5–35 mm. Gullari mayda va koʻrimsiz, boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Iyunda gullaydi^ urugʻi sentabrda pishadi. Asosan, choʻllardagi qumloqer larda oʻsadi. Tuya, qoʻy va echkilar B.ning bargi va yosh novdalarini xush koʻradi. B. tarkibida 20,1% kul, 9,1% protein, 1,8% yogʻ, 21,9% kletchatka, 47,9% azotsiz ekstrakt moddalar bor. Uning yashil qismida 1,5% limon kislota, 0,03% alkaloidlar boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil