Yoritish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoritish — obʼyektlarning koʻrinish sezgirligini yaxshilash yoki ularni yorugʻlik sezgir materiallarga tushirishni taʼminlash maqsadida maʼlum miqsorda yoritilganlik yaratish. Yo.ning tabiiy, sunʼiy va aralash xillari bor. Tabiiy Yo. inson uchun eng qulayi boʻlib, Quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr razryadlari va b. bilan yaratiladi. Uylar va alohida xonalarda kerakli darajada yoritilganlikni taʼminlash uchun ularning devorlari, orayopmalari yorugʻlik oʻtkazadigan materiallardan tayyorlanadi, derazalar tepasiga tuynuklar qilinadi. Yaxshisi uylarni qurishda yorugʻliktushishni toʻgʻri tanlash kerak. Sunʼiy Yo., odatda, yoritish jihozlari, yoritish qurilmalari yordamida hosil qilinadi. Uning umumiy, mahalliy (ish joyini yoritish) va aralash, ish (xdr kuni ishlatish uchun) hamda avariya holatdagi (ish Yo. oʻchganda ishlatiladigan) xillari bor. Sunʼiy Yo. aholi yashaydigan joylar, transport harakatlanadigan magistrallar, koʻchalar, maydonlar va b.ni Yo.ga tatbiq etiladi. Xonalarni tabiiy Yo. va sunʼiy Yo. qurilish normalari va qoidalariga asoslanib bajariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil