Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Markaziy saylov komissiyasi 1998-yildan eʼtiboran mustaqil organ sifatida amal qiladi[1]. Komissiyaning vazifalari va huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida“gi, „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida“gi, „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“gi, „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“gi, „O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida“gi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Oʻzbekiston Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa qonunlariga amal qiladi. Markaziy saylov komissiyasi o‘zining butun faoliyati bilan saylov tizimining demokratik printsiplarini amalga oshirishga ko‘maklashishga, saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish imkoniyatini taʼminlashga daʼvat etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi. Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi. Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiyaning majlisida saylanadilar. Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning aʼzosi bo‘lishi mumkin emas. Qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzoligiga nomzod etib, ishonchli vakil aʼzosi etib ro‘yxatga olingan Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga binoan unda doimiy asosda ishlashi mumkin.

Manbalar[tahrir]