Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Partiya tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi (OʻzMTDP)
Yetakchi Alisher Qodirov
AlisherQodirov
Tashkil etilgan 3-iyun, 1995-yil(1995-06-03)
Shtab kvartiralari

Toshkent (Oʻzbekiston)

Milliy tiklanish partiyasi binosi
Shiori Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!
Qonunchilik palatasidagi
oʻrinlar
29 / 120
(I chaqiriq)
31 / 150
(II chaqiriq)
36 / 150
(III chaqiriq)
36 / 150
(IV chaqiriq)
Vebsayt mt.uz

Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi (OʻzDP)Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yilning 3-iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan.

O‘ZBEKISTON “MILLIY TIKLANISH” DEMOKRATIK PARTIYASINING SOLNOMASI

1995-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi qarori bilan partiya tashkil etildi.

1995-yil 10-iyun kuni «Milliy tiklanish» gazetasining ilk soni chop etildi.

1999-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (Fidokorlar MDP) tashkil etilgan.

1999-yil 4-fevralda "Fidokor" — ijtimoiy-siyosiy gazetasining dastlabki soni chop etildi.

2008-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining birlashuv qurultoyida ikki partiya negizida yangi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP) tashkil etildi.

2008-yil 11-avgust kuni O‘zMTDP O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi.

2008-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma taʼsis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zMTDPning yangi fraksiyasi tuzildi.

2008-yil 9-sentyabrdan hududlarda O‘zMTDP hududiy partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari o‘tkazildi. Ularda Kengash, Nazorat-taftish komissiyasi, Kengash Ijroiya qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi. Shuningdek, joylarda tuman (shahar) partiya tashkilotlarining taʼsis Konferensiya va Plenumlari o‘tkazilib, Kengash, Kengash Ijroiya qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya qo‘mitasi raislari saylandi.

2009 yil 27 dekabrda – O’zMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga bo’lib o’tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 31 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 954 nafar deputat saylandi.

2014 yil 27 dekabrda – O’zMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga bo’lib o’tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 36 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 1105 nafar deputat saylandi.

2015-2016-2021-yillarda partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etgan. Prezidentlikka Akmal Saidov, Sarvar Otamuratov va Alisher Qodirovlar partiyadan nomzod sifatida ko’rsatilgan.

2019 yil 24 dekabrda – O’zMTDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga bo’lib o’tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga – 36 nafar, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga 1266 nafar deputat saylandi.

2022 yil 1 aprel holatiga partiya a’zolar soni 358 377 nafarni tashkil etadi. Ulardan 48 foizi yoshlar, 44 foizi xotin-qizlardir.

2022 yil 1 aprel holatiga ko’ra, partiya 14 ta hududiy (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar), 32 ta shahar 175 ta tuman Kengashlariga hamda 7032 ta boshlang’ich partiya tashkilotlariga ega.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ramzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ramzining tavsifi quyidagicha:
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashil rangdagi yarim oy, unumdor zaminimiz bilan birga muqaddas qadriyatlarimizga ishora.

Moviy rangdagi zamin xalqimizning halol va pok ruhiyati nishonasi.  

Simurg‘ qushi – Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asaridan olingan farovonlik va tiklanish ramzi bo‘lib, fikrlar va g‘oyalar turli bo‘lsa ham yagona maqsad yo‘lida birlashishga chaqiradi.

Navoiy dunyoning turli joylariga farovonlik qushi Simurg‘ni izlab, xarob bo‘lgan o‘ttiz qush uni  izlamasdan birlashganlarida Simurg‘ (o‘ttiz qush-forscha) ularning birlashgan holati ekanligini taʼkidlaydi.

Partiya ramzi barakali O‘zbekiston zaminida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, halol va bag‘rikeng xalqimizni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish maqsadlarini ifoda etadi.

2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiya raislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1 Qayumov

Azizxon Po‘latovich

Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

1995 - 1996-yillar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi bo‘lgan.

2 Gʻafurov Ibrohim Usmonovich O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi

1996 - 2004-yillar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi bo‘lgan.

3 Do‘stmuhammedov

Xurshid Nabiyevich

Filologiya fanlari doktori, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

2004 - 2008-yillar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi bo‘lgan.

4 Tursunov Axtam Salomovich Yuridik fanlari doktori, professor

2008 - 2013-yillar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi bo‘lgan.

5 Qodirov Alisher Keldiyevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi 2019-yildan hozirga qadar.

Partiya Madhiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

672 058 nafar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi Fraksiya A'zolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastur amalda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiya ijtimoiy tarmoqlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Partiya gazetasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Milliy tiklanish" gazetasi "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy nashri sanaladi.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gazetada "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, shuningdek, partiyadan saylangan barcha darajadagi deputatlar faoliyati keng yoritiladi. Yaʼni, partiya markaziy nashri orqali g‘oya va maqsadlari, vazifalarini keng targ‘ib etib, jamoatchilikni bu borada amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishtirib kelmoqda.

"Milliy tiklanish" gazetasi Yangi O‘zbekiston islohotlari hamda gazetxonlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ham mazmunan, ham shaklan keskin o‘zgardi.

Gazetada bugun partiya g‘oyalaridan kelib chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, Davlat tili maqomini mustahkamlash, tarix, madaniyat va sanʼat, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar ham keng yoritilyapti. Ijtimoiy hayotdagi muammo va kamchiliklar tahlili oid tanqidiy maqolalari bilan gazeta yanada ommalashmoqda.

Nashr Bosh muharriri: Mirodil Abdurahmonov.

Gazeta haftalik bo‘lib, 1995-yilning 10-iyunidan boshlab chop etib kelinadi. Nashr adadi: 5200

[tahrir | manbasini tahrirlash]

100001, Тоshkent sh., Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 1A-uy

+998 71 239 45 77